Al-bukhariy universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#111039
1   2   3   4   5   6
Masaliyev Otabek Kurs ishi

III. Xulosa


Vizantiya imperiyasi 1453-yilning 29-may kuni butunlay tugatilgan. Uning poytaxti Konstantinopol shahri ishg'ol qilinadi. Bu harakat Vizantiyaga berilgan jiddiy zarbalardan biri hisoblanadi. Imperiyaning o'zi ham asrlar oshib albatta daxshatli va yozvuz dushmanlarning hujumini qaytarganiga qaramasdan 1453-yilning 29-may kuni sulton Mehmed II tomonidan bosib olindi. Vizantiyaning nomi esa tarixga abadiy ko'mildi. Shunday bo'lsada Vizantiyaning tarixining ayrim masalalari tarixchilar, huquqshunoslar oldida dolzarb bo'lib kelmoqda 8 . O'z madaniyatini insoniyatning eng yuqori yutug'i deb bilgan vizantiyaliklar ongli ravishda o'zlarini begona ta'sirlardan himoya qildilar. Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolning mudofaasiga imperator Konstantin XI Dragash, Justiniani Luka Notaras, Jovani Longo kabi mohir sarkardalar qo'mondonlik qilishgan Konstaninopolni himoyalayotgan kuchlar soni 7000-8000 kishini tashkil etgan. Usmonliylarning qo'shini 80 000 kishidan iborat bo'lib uning ixtiyorida 6 triem, 10 birem, 15 galer, 75 fust, 20 parandariy bo'lgan. Jangda himoyachilarning barchasi qirib tashlangan.
Shahar qulaganidan keyin Konstantin XI dushmanga qarshi kurashadi va jangda beliga, yuziga zarbalar yeb halok bo'ladi. Hozirgi kunda Vizantiya imperiyasi tarixi, uning ichtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy tashkiloti, ichki va tashqi siyosati masalalari bugun ham tarixchilar tomonidan taxlil qilinib, o'rganib kelinmoqda: Moskvada, Sankt Peterburgda bo'lib o'tgan konferensiyada jahon tarixi, xususan Vizantiya imperiyasining tarixini o'rganish masalalari muhokama qilindi va 2020-yilda xalqaro miqyosda Vizantivistika masalalariga bag'ishlangan jurnal ham nashr qilingan. Bu jurnalda Vizantiyaning - Rim imperiyasi vorisi hisoblanishi takidlab o'tilgan. Vizantiya tarixini o'rganish hamkorligi XX asrning so'ngi choragi XXI asrning boshlarida ham davom ettib kelmoqda. Vizantiyaning tarixini o'rganishda Prokopiy Kessariyskiyning kitoblaridan tashqari, arman xalqining manbalarida ham qimmatli ma'lumotlar berilgan. Bulardan tashqari Sharl Dilning "Vizantiya imperiyasi tarixi", V. V. Kuchmaning "Vizantiya imperiyasining harbiy tashkiloti" mavzularida monografiyalari himoya qilingan. Zolotaryov A.V. tomonidan bo'lsa 2009-yilda Sankt Peterburgda " Birinchi paleologlar davrida Vizantiya harbiy tashkiloti" nomida dissertatsiya himoya qilingan. Mualifning dissertatsiyasi davriy chegarasi 1259-1328-yillarni qamrab olib mazkur davrda Vizantiya imperiyasining zaiflashganligi. Imperiyaning madaniyatini o'rganishda Djudit Xerrin tomonidan " O'rta asrlar imperiyasining ajoyib hayoti" nomli kitob yozilgan bo'lib Moskvada 2005 yilda nashr etilgan.
Belov I.P. tomonidan bo'lsa " Vizantiya gumanizmi" asari yozilgan bo'lib, 2015-yilda nashr etiladi. Mualif o'zining asarida imperiyada gumanizm g'oyalarining tarqalishi, rivojlanishi, taraqqiyoti, gullab yashnashi, barbod bo'lishi haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Dmitriy Obolenskiy tomonidan " Vizantiya adabiyoti tarixi", Sergey Averinsev tomonidan " Olti Vizantiya ustuni" kitoblari e'lon qilingan. Vizantiyaning poytaxtida qurilgan bebaho Avliyo Sofiya ibodatxonasi turklar 8 Гоголев Д.А. Города и крепости Византии первый половины VII -IX вв. Тюмен., 2002- С 57 87 2022-2023-DEKABR/YANVAR istilosidan keyin masjidga aylantirilgan. Shunday bo'lishiga qaramasdan bu madaniy yodgorlik butun dunyodagi sayyohlarni o'ziga maftun qilmoqda. Vizantiya imperiyasi boshqa davlatlardan farqli o'laroq jami 1058 yil umr ko'rgan. Shu davr mobaynida uning iqtisodiyoti, madaniyati rivojlanib borgan. Vizantiya imperiyasining dastlabki siyosiy tizimi quyidagilardan iborat bo'lgan: hokimiyat ilohiy yo'l bilan kelib chiqishi, hokimiyatning merosiy bo'lmasligi, yerga egalikning davlatga tegishligi, kuchli qo'shin hokimiyatning tayyanchi, faol tashqi siyosatning yurgizilishi, cherkovning davlat hokimiyatiga bo'ysunishi, hokimiyat davlatda ta'lim, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga homiylik qilishini o'z ichiga olgan.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin