Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Sanash orqali to‘liqsiz induksiya



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə236/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiyada (enumerativ induksiya) bir sinfga mansub predmetlar biror belgining takrorlanishini kuzatish asosida, uning shu sinfga kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtimoliy xulosa chiqariladi. Insonlarning ob-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasi bo‘lgan fikrlar ham shunday xulasalarni ifodalaydi.

Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslanishi, sog‘lom fikr yuritishga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa chiqarishning bu usuli ommabop induksiya deb ataladi. Masalan, qushlarning pastlab uchishi yomg‘ir yog‘ishini, quyosh botayotganda osmonning qizarishi ertasiga havoning ochiq bo‘lishini bildiradi, daraxt tanasining yashil mox bilan qoplangan tomoni shimolni ko‘rsatadi.

Istisno qilish orqali to‘liqsiz induksiyada tekshirilayotgan sinfning bir qismiga o‘rganilayotgan belgining xos yoki xos emasligi aniqlanib, xos bo‘lmaganlarini chiqarib tashlab, xulosa qilinadi. Masalan, o‘rmondagi daraxtlarning bir qismi tekshirilib, kasal bo‘lganlari aniqlanadi. SHu malumotgaga asoslanib, o‘rmondagi daraxtlarning qancha qismi kasallanganligi haqida tahminiy xulosa chiqariladi. To‘lqsiz induksiyaning yana bir turi statistik umumlashtirishdir.

Statistik umumlashtirish ommaviy tusga ega, keng ko‘lamda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish, aholining tug‘ilishi va o‘lish haqidagi malumotlarni to‘plash, tahlil qilish va shu kabi hollarda statistik umumlashtirishdan foydalaniladi. Masalan, “Andijon viloyatining aholi zich joylashgan Oltinko‘l tumanida 7 ta kasb-hunar kolleji bor, ularni bu yil turli mutaxassisliklar bo‘yicha 2 ming 300 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Tuman hududida 714 ta xo‘jalik yurituvchi subekt, jumladan, sanoatda – 371 ta subekt, qurilishda – 167 ta subekt, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida – 156 ta subekt va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi.Tumandagi har bir xo‘jalik subektiga o‘rtacha 3 nafar bitiruvchi to‘g‘ri keladi,”168 –deb chiqarilgan xulosa statistik umumlashtirishning natijasidir.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin