YAgona o‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisaning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo‘lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. Masalan, kasalxonaga turli yosh va jinsdagi bemorlar bir xil tashxis bilan keltirildi. Ularning xarorati baland, oshqozon-ichak faoliyati buzilgan edi. Bemorlarning barchasi kasal bo‘lmasdan oldin qo‘ziqorin eganlarini aytdilar. Demak, kasallik qo‘ziqorinni noto‘g‘ri istemol qilish oqibatida vujudga kelgan. YAgona o‘xshashlik metodining formulasi:
1.ABS __________ a ADE__________ a
AGF__________ a
______________________
Demak, A xolat malum darajada a xodisaning sababidir.