YAgona tafovut metodi. Bu metod faqat ikki holatda, yani hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. Shuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxminiy xulosa hosil qilinadi. AVS________a
BC ________a emas.
___________________________________
Demak, A xolat a xodisaning sababi bo‘lishi mumkin.
Masalan, aeroportga kirishda yo‘lovchilarda metall buyumlarning borligi maxsus asbob yordamida tekshiriladi. Agar yo‘lovchida metal buyum bo‘lsa, moslama tovush chiqaradi, metal buyum bo‘lmasa tovush chiqarmaydi. Elektr tarmog‘ida tokning bor yoki yo‘qligi lampaning yonish yoki yonmasligiga sabab bo‘lishi ham ushbu metodga misol bo‘ladi. Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir.
1.AVS--------a
2.A1VS---------a
3.A2VS---------a
.....
N. AnBC-------an
_______________________________
Ehtimol, A xolatning o‘zgarishi unga mos xolda a ning o‘zgarishiga sababchidir. Masalan, Quyoshdagi dog‘ning kattalashishi magnit bo‘ronining kuchayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |