Analogiyaning chin bo‘lish shartlari. Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham etibor beriladi. SHu jihatdan analogiyani qatiy
(aniq), qatiy bo‘lmagan, noaniq va xato analogiyaga ajratamiz.
Qatiy analogiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ko‘chirilayotgan va o‘xshatilayotgan belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy bo‘ladi. Aniq fanlardagi modellashtirishda fikr qatiy analogiya shaklida yuritiladi.
Qatiy bo‘lmagan analogiyada o‘xshash bo‘lgan va ko‘chirilayotgan belgi o‘rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o‘rganishda va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qatiy bo‘lmagan analogiya tarzida bo‘ladi. Jaloliddin Rumiyning quyidagi fikrlarini qatiy bo‘lmagan analogiyaga misol bo‘ladi: “Umid va kutmoq insonning qanotidir. Qanotlar qanchalik baquvvat va sog‘lom bo‘lsa, u shunchalik yuksakka ucha oladi. Umidsiz qolsa-chi, tamballashadi, o‘zi xayr qilolmagani etmaganidek, bandalik vazifalarini ham ado etolmaydi.”170