Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


INDUKTIV XULOSA CHIQARISH



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə234/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

INDUKTIV XULOSA CHIQARISH.

YAkka mulohazalarni umumlashtirib xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qo‘llaniladi. Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa chiqarish turi induksiya (lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba natijalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish balvosita xulosa xisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.



Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining malum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.

Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tekshirilayotgan belgi va xulosadan iborat.

Masalan, o‘qituvchi har darsda yo‘qlama qilib, talabalarning davomadini tekshiradi. Yo‘qlamani yakunlab, talabalarning barchasi darsda to‘liq katnashayotganligini qayd qilishi induktiv xulosa bo‘ladi. Bunda ro‘yxatdagi har bir talabaning ismi –sharifi xulosa asoslari, ularning darsda qatnashayotganligi tekshirilayotgan belgi, yo‘qlamaning natijasi esa xulosadir.

Demak, induksiya - juziy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish shaklida sodir bo‘ladi. Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsiz induksiya.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin