III. SHartli – ayiruvchi – lemmatik (taxminlab) xulosa chiqarish deb, asoslardan biri ikki yoki undan ortiq shartli mulohazalardan, ikkinchisi esa ayiruvchi mulohazadan iborat bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ayiruvchi asosdagi azolarning soniga ko‘ra, bunday xulosalar dilemma (ayiruvchi asos ikki azodan iborat bo‘lgan), trilemma (ayiruvchi asos uch azodan iborat bo‘lgan) va polilemma (ayiruvchi asos to‘rt va undan ortiq azodan iborat bo‘lgan) deb ataladi.
Dilemmada asoslardan biri (kattasi) ikki shartli mulohazaning iborat bo‘ladi, ikkinchi asosi (kichigi) ayiruvchi mulohaza bo‘ladi. Kichik asosda shartli mulohazalarning asoslari (antetsedentlar) tasdiqlanadi yoki ularning natijalari
(konsekventlari) inkor qilinadi. Dilemmalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Oddiy dilemmaning xulosasi tasdiq mulohaza bo‘lsa – konstruktiv, inkor mulohaza bo‘lsa – destruktiv deyiladi. Murakkab dilemmalarda ham xuddi shunday. Demak, dilemmalar oddiy konstruktiv, oddiy destruktiv, murakkab konstruktiv va murakkab destruktiv ko‘rinishda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |