Axloqiy tafakkur axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy meyorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy mushohada qilish jarayoni.
Axloqiy tarbiya inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga
yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burchmasuliyat, sog‘lom turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo, Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod mustahkamligi xislatlarining singdirib borilish jarayonidir.
Axloqsizlik jamiyatda qabul qilingan axloqiy meyorlardan chetga
chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘g‘rilik, hasad, g‘iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy xislatlarning namoyon bo‘lishi. B
Bag‘rikenglik mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik, himoya, panoh, makon, saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfellik. Bag‘rikenglik – o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, anana-marosimlariga hurmatehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitishlar, tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahallakuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir.
Bag‘rikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat bo‘lishi mumkin. Bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining eng olijanob fazilatidir.
Barkamollik kamolot, balog‘atga erishgan, bekamu ko‘st, etuk , mukammal, nuq-sonsiz, kamoli xirad – aql komilligi, kamoli marifat – ilmu marifatda mukammallik, kamol ahli – ilmu hikmat egalari, olimlar. Barkamollik insonning aqliy axloqiy va bilimdonlik jihatidan etuk ligi, o‘zi tanlagan kasbu hunarning ustasi bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanib, vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu g‘oya va niyatlar b-n bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi.
Dostları ilə paylaş: |