xarakter (mentalitet) umumiyatigi ega bo‘lgan kishilar birligining tarixiy shakli.
Millatparvarlik bu vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng manoda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. Asl millatparvar - milliy o‘zligini anglab etgan inson. U o‘z millati b-n faxrlanadi, o‘z millati b-n butun jahonning faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining - millatparvarlikning ilmiynazariy asosi sifatida maydonga chiqadi.