Muomala qilishni avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu erda bilish ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud.
Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni o‘rganing. Zero suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatliligingizni ko‘rsatib, diqqat va sabr-toqat bilan eshita olishning o‘zi - bu istedod. Lekin bu istedod tug‘ma emas – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi mumkin.
Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‘ziga qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yohud so‘zlar bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling.
Muomala insonlar, xalqlar, millat va elatlar, qavmlar orasida o‘zaro madaniyati manaviy aloka, salomlashuv, so‘zlashuv, kelishuv va boshka insoniy munosabatlardir. Muxim aloka vositasi-
M.m. ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro suhbatini, munosabatini ko‘rsatuvchi omil. M.m. nafaqat kishilar orasidagi aloqa vositasi, balki shu b-n birga dunyoning, olamning manaviy instrumenti hamdir. Sizning qanday
Shaxs ekaningizni, o‘zaro muloqotda o‘z ifodasini topadi.
Muruvvat insonparvarlik, biror kimsaga qilingan insoniy yordam, yaxshi lik, sahovat, lutf. Muruvvat sahovat b-n uyg‘un sifat, insoniy axloqiy fazilat bo‘lib, xalqimizga xos bo‘lgan xususiyat, milliy qadriyatdir.
Dostları ilə paylaş: |