P Patristika so’zi «ota» («padre») so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G’arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. SHarqda mashhur bo’lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da’vatlaridan ko’pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo’llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) YUnonistonning Samos orolida yashab o’tgan. u qadimgi Yunonistonda diniymafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o’zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko’chib ketgan, o’sha yerda o’z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak.
Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya’ni ko’plik degan ma’noni anglatadi)
— olamning asosida ko’p narsa va ideyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir.
Pozitivizm fan ijobiy bilimlar bilan shug’ullanish kerak degan g’oyani ilgari suradigan oqim.
Pragmatizm haqiqatning qimmati uning foydaligi bilan belgilanadi deb hisoblovchi ta’limot.
Praksiologiya insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot.