Q Qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan,
balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir.
Qarama-qarshilik narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o’zaro munosabatiga aytiladi. Qaramaqarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko’p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy
o’zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo’lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Qonun dunyoning mavjudligi botiniy va zohiriy o’zgarishlarning abadiy takrorlanib turishini ifodaloydi.Takrorlanishlar esa o’z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olg’an. Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog’lanishlari, o’zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo’lishidir.