nurlantirib turuvchi qamrovli manaviy hodisa bo‘lib, u obektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarni anglatuvchi hamda subektiv voqelik tarzida insonning estetik xususiyatlarni anglash va idrok etishdagi botiniy faoliyatidir.
Neo yangi; pozitiv - ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm G’arbda X1X asrning 20 - yillarida paydo bo’lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo’la olmaydi. Falsafa — ob’ektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o’rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
Neokantchilik XIX asr o’rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o’z davrida qo’ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko’ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o’zi uchun eng oliy maqsaddir.