82. O‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq mantiqshunoslarining fikricha, zidlik munosabati qanday hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi?
A. mazmuni va xajmiga ko‘ra farqlanuvchi hukmlar o‘rtasida
B. mazmuniga ko‘ra farqlanuvchi juz’iy hukmlar o‘rtasida
S. mazmuni va chinligiga ko‘ra farqlanuvchi hukmlar o‘rtasida
D. xajmiga ko‘ra farqlanuvchi juz’iy hukmlar o‘rtasida
83. O‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq mantiqshunoslari sillogizmning terminlarini qanday nomlashgan?
A. katta termin, kichik termin, o‘rta termin
B. sub’ekt, predikat
S. nom, fe’l, qo‘shimcha
D. ega, kesim, bog‘lovchi
84. O‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq mantiqshunoslari shartli sillogizmni qanday turlarga ajratishgan?
A. shartli-qo‘shuvchi va shartli-ayiruvchi
B. shartli murakkab va shartli qo‘shuvchi
S. shartli-qo‘shuvchi va shartli
D. shartli-ayiruvchi va ayiruvchi
85. Farobiy hammaga ma’lum bo‘lgan fikrlarni ifodalovchi hukmlarning qanday turlarini qo‘rsatadi?
A. ham chin, ham ishonchli bo‘lgan, to‘liq yoki qisman chin bo‘lgan, haqiqatga o‘xshash, tushuntiruvchi, zaruriy, shartsiz, ehtimoliy hukmlar, hamda nazariy va amaliy fanlarning hukmlari
B. haqiqatga o‘xshash, tushuntiruvchi, zaruriy hukmlar
S. shartsiz, ehtimoliy, nazariy va amaliy fanlarning hukmlari
D. ham chin, ham ishonchli bo‘lgan, to‘liq yoki qisman chin bo‘lgan, haqiqatga o‘xshash, tushuntiruvchi hukmlar
Dostları ilə paylaş: |