86. Faxriddin Roziy vositali xulosa chiqarishni qanday gruxlarga ajratadi?
A. birlashtiruvchi va istisno qiluvchi
B. shartli va ayiruvchi
S. birlashtiruvchi va ayiruvchi
D. shartli va shartsiz
87. Roziy birlashtiruvchi xulosa chiqarishni qanday turlarga ajratadi?
A. 6 turga bo‘ladi: qat’iy hukmlardan, shartli hukmlardan, ayiruvchi hukmlardan, qat’iy va shartli hukmlardan, qat’iy va ayiruvchi hukmlardan, shartli va ayiruvchi hukmlardan tashkil topgan
B. 5 turga bo‘ladi: qat’iy hukmlardan, shartli hukmlardan, ayiruvchi hukmlardan, qat’iy va shartli hukmlardan, qat’iy va ayiruvchi hukmlardan tashkil topgan
S.4 turga bo‘ladi: ayiruvchi hukmlardan, qat’iy va shartli hukmlardan, qat’iy va ayiruvchi hukmlardan, shartli va ayiruvchi hukmlardan tashkil topgan
D. 3 turga bo‘ladi: ayiruvchi hukmlardan, qat’iy va shartli hukmlardan, qat’iy va ayiruvchi hukmlardan tashkil topgan
88. O‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq mantiqshunoslari dialektika deganda nimani tushunishgan?
A. ikki kishi o‘rtasida savol-javob ko‘rinishidagi muhokamani, bahs yuritish san’atini
B. isbotlash va rad etish usulini
S. suhbatlashish san’atini
D. taraqqiyot qonunlarini
89. Farobiy “Falsafatu Aristutolis” risolasida sofistlar qo‘llaydigan qanday usullarni ko‘rsatadi?
A. tanbeh, sarosimaga solish, tuhmat qilish, duduqlanishga majbur qilish, bema’ni narsalardan foydalanish, sukutga majbur etish
B. duduqlanishga majbur qilish, bema’ni narsalardan foydalanish, sukutga majbur etish
S. sarosimaga solish, tuhmat qilish
D. tanbeh, tuhmat qilish
Dostları ilə paylaş: |