Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə55/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Birinchi bosqich antik falsafa davrini qamrab oladi. Falsafa tarixida materiya haqidagi dastlabki tasavvurlar «stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining Cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi. Antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalarning asosi deb elon qilgan. Geraklit Quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olov hamma narsaning asosi deb hisoblagan.

Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr o‘zining materiya haqidagi fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi modda sezish mumkin bo‘lgan konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan o‘zgaruvchi mohiyatga ega bo‘lgan apeyrondir. Atomistlarda materiya tabaqalashgan substrakt ko‘rinishini kasb etadi.

Materiyaning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.



Demokrit barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan g‘oyani ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan to‘qnashib, birbiriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz ko‘radigan narsalarni hosil qilgan. Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli, kattaligi, o‘zaro joylashuvi va harakatiga bog‘liq. Bu barcha narsalarni tavsiflash va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish obektining har qanday obektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. Shunday qilib, antik faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu barcha narsalar asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo‘lgan va ularning materializmi o‘ta sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental o‘rganish mavjud emasligi mahsuli bo‘lgan.

Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yig‘indisi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular shakli, katta-kichikligi, og‘irligiga ko‘ra har xil, lekin bo‘linmas va yo‘q bo‘lmasdir. Obektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining turliligi bilan izohlanadi.






Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin