Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqe’ligi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə108/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqe’ligi tarzida namoyon bo‘ladi.

Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi. Harakat jarayonida predmetlarda ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biron – bir lahzagacha miqdor o‘zgarishlar ko‘payadi, ichki va tashqi ta’sirlar natijasida ob’ektda yuz beradigan jarayonlarning miqyosi kengayadi. Keyinchalik «to‘planib» qolgan miqdor o‘zgarishlar bilan ob’ektning sifati o‘rtasidagi tafovut hosil bo‘ladi. Tafovutni o‘tkirlashib borishi yangi sifatning vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Polimerdan biopolimerning hosil bo‘lishi, har qanday yangi ob’ektlarni vujudga kelishi sifat o‘zgarishidan dalolat beradi.

YAngi sifatning vujudga kelishi oldin sodir bo‘lgan miqdor o‘zgarishlar turg‘unlikni saqlab turgan me’yorni buzilishi orqali yuz beradi. O‘z navbatida yangi sifat o‘zgargan miqdor bilan birlikni hosil qilar ekan, ob’ektni o‘zida yangi me’yor paydo bo‘ladi.

Tabiiyki, yangi sifat yangi miqdoriy o‘lchamni keltirib chiqaradi. Bu xislatni asosida yotgan narsa – ob’ektdagi elementlarning harakati va mustaqilligining miqyosini oshishi, muhit bilan massa, energiya va struktura vositasi orqali almashunuv jarayonining tezlanishi yoki kengayishi, predmetning mukamallashishiga qaratilgan faollik qobiliyatini yuksalishidadir. Bu yangi sifat va miqdor olib kelgan jarayonlar mazmunan rivojlanishdan darak beradi. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi, hamda, yangi sifat o‘z navbatida yangi miqdoriy xislatlarni keltirib chiqarishi rivojlanishi qanday yuz berishini ko‘rsatadi.

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi, borliqda bunday o‘tishni doimiy va umumiy usul tazrda namoyon bo‘lishi bu jarayonga qonuniyat tusini beradi. Bu xildagi qonuniyatning amal qilishi ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi: 1) Ma’lum tizim doirasida miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi oldin mavjud bo‘lmagan yangi predmetni yuzaga keltiradi. Ilmiy bilish sohasida oldin ma’lum bo‘lmagan faktlarni tahlil qilish mavjud konsepsiyaning cheklanganligini ko‘rsatishi va yangi mazmunga ega bo‘lgan nazariyani ishlab chiqishga olib kelishi mumkin. 2) Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi biron – bir oldindan mavjud bo‘lgan tizimning yo‘qolishi emas, balki uning yangilanish shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir- biridan o‘z sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha ko‘rsatib beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog‘liqlikda namoyon qiladi.

Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning iisbiy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini ifodalaydi. U keng manoda narsalarning turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bip xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar suratda, xossaning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir qilavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda egadi.

Narsalar sifat muayyanligidan gashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. CHunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi. Har qanday hodisa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga va sifatga ega bo‘lgan, ya’ni sifati bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q.

Taraqqiyot jarayonida miqsor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor o‘zgarishlari bitan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ylar ayrim o‘ziga xos xusussiyatlarga ham ega. CHunonchi:



  • birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat malum bir davrda boshlanadi;

  • ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsalarga muhim ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuklik holatini yo‘qotmaydi, keyin esa bug‘ga aylanadi, sifatini o‘zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;

  • uchinchidan, miqsor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi

  • ko‘p hollarda sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha keyin, ayrim holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;

  • to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub o‘zgarish bo‘lib hisoblanadi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin