|
III figuraning to‘g‘ri moduslari oltita
|
səhifə | 221/496 | tarix | 30.04.2022 | ölçüsü | 1,22 Mb. | | #56731 |
| Falsafa. 2021 y (2) янги
III figuraning to‘g‘ri moduslari oltita:
AAI-Darapti, AII-Datasi, IAI-Disamis, eAO-Felapton, eIO-Ferision, OAO-
Bokardo.165
Katta va kichik asoslari umumiy tasdiq , xulosasi juziy tasdiq mulohaza bo‘lgan AAI-Darapti shakli. Misol:
Hamma mantiqshunoslar faylasufdir.
Hamma mantiqshunoslar – ilmli kishilardir.
Bazi ilmli kishilar faylasufdir.
Katta asosi umumiy tasdiq , kichik asosi va xulosasi juziy tasdiq mulohaza bo‘lgan AII-Datasi shakli. Misol:
Hamma o‘quv qo‘llanmalar fan dasturiga mos yozilgan.
Bazi o‘quv qo‘llanmalar bilim olishga ko‘maklashadi.
Bazi bilim olishga ko‘maklashadiganlar fan dasturiga mos yozilgan.
Katta asosi juziy tasdiq , kichik asosi umumiy tasdiq va xulosasi juziy tasdiq mulohaza bo‘lgan IAI-Disamis shakli. Misol:
Bazi metallardan qimmatbaho buyumlar yasaladi.
Hamma metallar qattiq jismlardir.
Bazi qattiq jismlardan qimmatbaho buyumlar yasaladi.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi umumiy tasdiq, xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eAO-Felapton shakli. Misol: Hech bir sahiy xasis emas.
Hamma sahiy insonlar mehribon bo‘ladilar.
Bazi mehribon bo‘lganlar xasis emas.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi juziy tasdiq, xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eIO-Ferision shakli. Misol: E. Hech bir baliq kit emas.
I.Bazi baliqlar suniy ko‘paytiriladi.
O. Bazi suniy ko‘paytiriladiganlar kit emas.
Katta asosi juziy inkor, kichik asosi umumiy tasdiq, xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan OAO-Bokardo shakli. Misol:
O.Bazi o‘simliklar ko‘p yillik emas.
A. Hamma o‘simliklar tirik mavjudotdir.
O. Bazi tirik mavjudotlar ko‘p yillik emas.
figuraning xulosalari faqat juziy hukmdan iborat bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: |
|
|