Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan AOO-Baroko shakli. Misol:
A. Hamma tarixiy yodgorliklar davlat muhofazasidadir.
O. Bazi turar joylar davlat muhofazasida emas.
O. Bazi turar joylar tarixiy yodgorlik emas.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi juziy tasdiq, xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eIO-Festino shakli. Misol: E. Hech bir olim shuxratparast emas.
I. Bazi amaldorlar shuxratparastdir.
O. Bazi amaldorlar olim emas.
Sillogizm II figurasidan faqat inkor mulohaza ko‘rinishida xulosa chiqariladi. Oddiy qatiy sillogizm III figurasining maxsus qoidalari: