Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Ya:ti sonidagi cho‘ziqlik yoqut va turkman tillari asosida izohlanadi. Ä



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə100/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Ya:ti sonidagi cho‘ziqlik yoqut va turkman tillari asosida izohlanadi. Ä unlisi uyg‘ur, ozarbayjon, qisman turkman tillarida cho‘ziqlikka ega. Yä:ti sonidagi ä ning cho‘ziqligi ozarbayjon tilida yeddi (7) asosida izohlanadi, sababi ozarbayjon tilida cho‘ziq ä>e holatida.
Sakkiz sonining arxetipi–säkiz. M. Ryasyanen säkiz(8)ni sek (sakramoq): sekdiz (sakrashga buyurmoq)>sekkiz>sekiz tarzida shakllanganligini ta’kidlaydi.
To‘qqiz soni turkiy bobotilda so‘z boshida t bo‘lib, janubiy tillarda jaranglilashgan. M. Ryasyanenning fikricha, to‘qqiz fe’lning istak maylidagi tokї (taqirdat, taqillat), toqquz esa “taqillatishga buyurdi” bilan bog‘liq.
Chuvash tili boshqa turkiy tillardan farqli o‘laroq, unda ayrim sonlar i, ъ qo‘shiladi: vis~viz‘i (5), ult~uldъ (6).
Turkiy tillardagi undoshlar geminatsiyasi to‘g‘risida har xil fikrlar bor. Ikkilanish, aslida, undoshning miqdor jihatdan o‘zgarib, cho‘ziq tovushga o‘tishidir. A. M. Sherbak fikriga ko‘ra, intervakal holatda undoshlar jaranglilashuvi mavjud bo‘lgan tillardagina geminantlar bo‘lishi mumkin. Geminantlarning o‘zak tarkibida uchrashi qarluq, o‘g‘uz tillarida ko‘proq, qipchoq guruhidagi va Sibir arealidagi turkiy tillarda bu hodisa kam uchraydi: o‘zb. ikki, sakkiz, to‘qqiz, o‘ttiz. Bundan tashqari, sonlar tarkibidagi undoshlardagi cho‘ziqlik ham geminate-siyaga olib kelishi mumkin. Bu holatning ijobiy tomoni shundaki, u omonimlar-ning vujudga kelishini bartaraf qiladi.
Qadimda o‘nlik sonlar quyidagicha nomlanadi: yїg‘irba (yigirma), otїz (o‘ttiz), qїrq (qirq), ällig‘ (ellik), altpїl (oltmish), yä:tpil (yetmish), säksän (sakson), toqsan (to‘qson).
Sariq uyg‘ur, shor, tofalar va uyg‘ur-uryanxay tillari materiallari yigirma sonining etimologiyasini aniqlashga imkon beradi: eko:n~iko:n (ikki o‘n).
Yegirma~yegirba so‘zi tarkibi bilan unga parallel forma bor: eko:n~iko:n; yedi(ikki), r(erkak) va mä~bä (o‘n): y-eki-er-mä-bä.
Yigirma (qadimgisi yig‘irbä) yoqut, shor, tofalar tillarida quyidagi ko‘rinishda: yoq. sü:rbä, shor. chegirbe, tuv. che:rbi.
Ushbu tillardagi altpїl (oltmish) va yä:tpil (yetmish) boshqa turkiy tillarda altmїsh va yetmish tarzida. Boshqa turkiy tillar materiallari shuni ko‘rsatadiki, bu yerda qachonlardir lablangan portlovchi pbo‘lgan: qoz., no‘g‘. alpьs (60). Alt-pїl, ya:tpїl sonlari oxirida l chuvash tili faktlari asosida tiklanadi: utmъl (60), s‘itmil (70).
Sanashning ancha qadimgi izlari o‘nliklarni ifodalaydigan sonlar nomlari ko‘rinadi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin