Kibik ko‘makchisidagi -k affiksi -ük kuchaytiruvchi yuklamasiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Üchün ko‘makchisi: q.tur., qirg‘., q.balq., qar., ozarb., uyg‘., shor, qum., o‘zb., tur. (dial.).üchün: turkm. üchin, no‘g‘. üshїn, q.qalp. (dial). üshün, uchun, tat. öchän, boshq. ösön, yoq. ihin, gag., tur. ichin, q.tat. ichün, chün, olt., tuv. uzun, üzün–oxiri, so‘ng, maqsad (vosita kelishigidagi ot yoki fe’ldan yasalgan ot deb hisoblaydilar. Sevortyan, Brokkelman, M. Ryasyanen, ichün, uchündeb hisoblaydilar. Turkman tili dialektlarida (Sevortyan fikridan tashqari) üchri, üchri:n, üchürü-n ham uchraydi.
Bilen//birlen ko‘makchisi umumturkiy hisoblanadi. Qadimgi turkiy yodnomalarda uniñ birlä, bilä va bilän kabi variantlari qayd etiladi. Bile//bilen ko‘makchisining fonetik variantlarini 2 ta guruhchaga ajratish mumkin:
1) tuv., turkm. bile, sal. pile, qar. bila, o‘zb., uyg‘. bilän, turkm. bilen, tat. bälän shimoli-janubda: pilen, pulen, qum. bulin, barab.tat. pїlan, qar. bїla, q.balq. bila, barab. pїlä//pila; shor.-pa//-pe, -ba//-be, -ta//-te; chuv.-pa//-pe;
2) q.qalp. menen//benen//penen, barab. mїnan//minän, man//män, qirg‘. menen, no‘g‘. man//men, nan//nen, ban//ben, qoz. men, menen, boshq. mänän.
A. Gaben birlä va birlänni biril fe’lidan (birlashmoq), deb hisoblaydi. K. Brokelman: birlä(ko‘makchi), birlänni esa vosita kelishigi affiksidan deb qaraydi. Birle ning parallel formasi sanalgan bile ni birle dan, deb hisoblay-diganlar ham bor. G. Ramstedt birlädeb hisoblaydi. Bu yerdagi bir (1), -a esa qo‘shimcha. V. Kotvich bile//bilen dagi -le//-len ni komitativ (birgalidagi harakatini ifodalaydigan) suffiks, bi ni esa xalq etimologiyasi natijasida bir (1) bilan aralashgan (qo‘shilgan) olmosh o‘zagi, deb hisoblaydi.
Janubi-g‘arbiy turkiy tillar guruhida bile o‘rnida ile//-le ko‘makchisi ishlatiladi: ozarb. ilä//la//lä, tur. ile, tur(dial.). ile//le//ilen (ipak ünen//unan//nen// nän, o‘r.usm. nan//pän), qr.tat. ile//la//le//nen, gag. lan//län//nan//nän, o‘zb (kitobiy. poet.). ilä.
Dostları ilə paylaş: |