Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Ilening genezisi ham hozirgacha ma’lum emas. Ba’zi tadqiqotchilar, chunonchi, H. Vamberi, V. Bang, K. Brokelman uni il



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə156/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

Ilening genezisi ham hozirgacha ma’lum emas. Ba’zi tadqiqotchilar, chunonchi, H. Vamberi, V. Bang, K. Brokelman uni il fe’li (bog‘lamoq, birikmoq) bilan yaqinligini ta’kidlasalar, boshqalar (Melioranskiy) uni birle>bile>ile tarzidagi fonetik o‘zgarish natijasi deb qaraydilar. V. Kotvich ile ni komitativ (birgalikdagi harakat) -le affiksli olmosh o‘zagi -i ga taqaydi (oltoy tilida -la//-le, -lo//-lo ko‘makchi).
Eski o‘zbek adabiy tiliga oid asarlarda ila, ilan ko‘machilari, eski turkman tilida ile, ilan qayd etiladi (“Qo‘rqut ota” kitobi, “Ersarinoma”). Ile uyg‘ur tili dialektlarida ham uchraydi.
Keyin ko‘makchisi, asosan, turkiy tillarning janubi-sharqiy, jumladan, shimoli-g‘arbiy guruhi uchun xarakterlidir: o‘zb., q.qalp., qoz., uyg‘.(Farg‘.), turkm. (dial). keyin, qirg‘., uyg‘.(dial). kiyin, uyg‘.(dial). kedin//kegin//kein// ke:n//ki:n//ki. Mazkur ko‘makchining qadimgi turkiy va o‘rta turkiy yodgorliklarda kedin, kezin, keyin, ken, kin, kїn variantlari uchraydi. Ushbu ko‘makchi orqa, ket, orqa tomon ma’nolaridagi otlarga borib taqaladi (q.turk. keyin, ort, orqa, ket), olt. kiyin (orqa, oxirgi), xak. kizän (orqa, keyin).
A. Gaben kidindan kin variantinini ajratadi. Bunda u kinni fe’l o‘zakdagi -ki (bo‘lmoq, oxirida)ning hosilasi, deb qaraydi. (kidin>< ki-d). V. Bang kidinning o‘zagi kä, ki deb, din ni esa ablativ (chiqish, kelishigi) ko‘rsatkichi deb ko‘rsata-di. Kin<kidin. Keyin esa uning fonetik o‘zgarishlarga uchragan shakli. Aslida, kedin>kedin>keyin - to‘g‘ri izohlash hisoblanadi.
Ka, kad o‘zagiga oid faktlarni M. Ryasyanen mo‘g‘ul parallelligi bilan izohlaydi. Bunday fikrlarni yana keltirish mumkin. M. Koshg‘ariy indeksida (“DLT”) kid va kiz real forma shaklida keltiriladi. Ammo lug‘at matnida kedin, kedingi va kedingä tarzida uchraydi. Bular kedning emas, balki kedin mavjudligini tasdiqlaydi. A. Gaben kidni (oxiri) biror manbaga asoslanmasdan keltiradi: kit<kidim. S. Y. Malovda kid yoki kud qayd etilmagan. Ked mo‘g‘ul-cha gedched (orqaga, izga) gedechge (orqa, orqaga), gederxe (qaytmoq) gedershe (orqa tomonga) va turkiy kedirti, kedki (oxirgi). gedargi (tomonga), kedar (...ga), kedara (boshqa...ga), kädäger (keyinga egilgan), käday (etilmoq), kädärgi (orqa, yoq< mo‘g‘.), kede:r (...ga, tog‘ tomonga (tuv.), kider (g‘arb...ga (xak.).

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin