Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Aniqlovchili so‘z birikmalari



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə180/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

3. Aniqlovchili so‘z birikmalari. Bunday so‘z birikmalarining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Aniqlovchili so‘z birikmalari, ko‘pincha, quyidagicha shakl-lanadi:
I. Bosh bo‘lagi–ot, tobe bo‘lagi son orqali. Ular quyidagicha:
1.Miqdor sonlar: ozarb. besh gї:z (besh qiz), olt. eki tün (ikki tun), boshq. ёs ёy (3 uy), tat. qїrїq a°wil (40 ovul), tur. elli gemi (50 ta kema).
So‘z birikmasining bu tipini, to‘la ma’noda, bobotil davriga oid deb hisob-lash mumkin, sababi barcha turkiy tillar, ularning leksik farqlariga qaramasdan, sonlarning bir xil tizimiga ega.
Aniqlovchili birikmali–miqdor son+ot tipidagisining komponentlari orasiga maxsus izohlovchi so‘zlar–numerativlarni kiritish mumkin: ozarb. bir parcha chöräk (bir parcha non). Bunday tipning yuzaga kelishi barcha turkiy tillarda bir xildir. Bu ushbu modelning bobotil davriga xosligiga asos bo‘la oladi. Muayyan numerativlarga keladigan bo‘lsak, hozirgi turkiy tillarda ular bir-biridan ancha farqlanadi:
a) numerativ+affiks (-lїq): qirg‘. tört jїldїk sog‘ush (to‘rt yillik urush), tat. ёsh yäshläk qїz (uch yoshlik qiz), o‘zb. to‘qqiz yillik maktab (to‘qqiz yillik maktab);
b) numerativ+-lї affiksi: qoz. tört-bes eyli avїl (4–5 uyli ovul).
Ko‘rib chiqilgan modellardagi so‘z birikmalari “son+numerativ+ot” shaklida vujudga kelgan. Bu yerdagi numerativga -lїq, -lї affiksi birikkan bo‘lib, u umumturkiy, shuningdek, bobotil davriga borib taqalashi mumkin.
2. Tartib sonlar: ozarb. ikinji yer (2-o‘rin), boshq. birinsi jїl (1-yil), tuv. birgi teve (1-tuya), tuv. ikkimhi uyїx (2-oy), yoq. tördus at (4-ot) kabi.
3. Mavhum ma’noli miqdor son: tat. bir nichä adїm (bir necha qadam), o‘zb. bir necha kun kabi.
Ushbu model turkiy tillarda doimo uchraydi. Mavhum miqdorni ifodalash usuli har xilligi bilan farqlansa ham, bobotilga borib taqalishi mumkin.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin