-lї//-li li nisbiy sifat affiksi<-lїg‘//-lig‘ bo‘lib, -lїq//-lik oraliq darajasi orqali vujudga kelgan: qoz. ayїldїq sovet (ovul kengashi), turkm. otluk meydan, tat. kёnlik a°zїq (kunduzi ratsion) va hokazo. Keyinchalik, oxiri -q//-k tushib qolishi kuzatiladi: o‘r.tur. sarї -lїg‘//-lїq affiksini bobotil davriga taqash mumkin. Sababi uning shu davrda mavjudligini manbalar tasdiqlaydi;
d) -sїz li nisbiy sifat bilan kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari. Unda chiqish asosi bilan ifodalanadigan ma’no mavjud bo‘lmaydi: qirg‘. sansїz mülk, chuv. viyzїr laja (kuchsiz ot), o‘zb. savodsiz odam, tat. susiz dala va hokazo.
Model umumturkiy xarakterga ega. -sїz//-siz affiksli sifat bobotil davriga taqalishi mumkin;
e) muayyan vaqt qism yoki o‘ringa egalikni anglatadigan -kili nisbiy sifat bilan kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi. Bunda, odatda, affiks o‘rin kelishigi shakliga birikadi: boshq. bїndag‘ї urindar (bu yerdagi o‘rinlar), tat. diñizdagi utrawlar (dengizdagi orollar), ozarb. bag‘dakї ev (bog‘dagi uy), tur. dolaptaki kitaplar (shkafdagi kitoblar) va hokazo.
Model umumturkiy xarakterga ega.
Shunday nisbiy sifatlar borki, ularda -qї//-ki affiksi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zakka birikadi: o‘r.tat. ya°zg‘ї (bahorgi), qьshqь (qishki). -qї//-ki affiksi qandaydir ayiruvchi yuklamadan kelib chiqqan. Bu bilan uning artikllik ma’nosi izohlanadi: o‘r.tat. avьldag‘ї adam. Affiksning keng distributsiyasi (tarqalishi) bu tipdagi sifatlarning bobotil davrida mavjudligini bildiradi.
Ko‘rilayotgan modelning tobe komponenti kichraytirish yoki -chan, -chaq, -qach affiksli nimagadir moyillikni ifodalaydigan sifatdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu affikslarning barchasi bobotil qatlamiga mansub bo‘lishi mumkin.
IV. Hokim bo‘lak–ot, tobe–sifatdosh. Bunda tobe bo‘lakning ifodalanish usullari quyidagicha: