1. -qan//-g‘an li sifatdosh. Bu model oltoy, tatar, qozoq, q.qalpoq, qaraim, q.balqar, no‘g‘oy, o‘zbek, qirg‘iz, uyg‘ur, q.tatar, tuva, xakas, shor va tofalar tillarida uchraydi: tat. tug‘an il (ona vatan), tuv. tatqan kiji (to‘ygan odam), o‘zb. o‘tgan yil, q.balq. bishgen yet (pishgan go‘sht), q.qalp. tuwg‘an bala, shor. utqan ag‘ash (yiqilgan daraxt), no‘g‘. atїlg‘an oq, xak. atxan anchї(otgan ovchi), qoz. kelgen kisi kabi;
-g‘an//-qan li sifatdoshning qadimgi qoldig‘i turk tili tipidagi o‘g‘uz tillarida uchraydi: kurgan (qal’a). Bu shundan dalolat beradiki, u hech qachon barcha turkiy tillarda tarqalmagan. Faqat keyinroq uni o‘g‘uz tillarida -mїsh li sifatdosh siqib chiqargan. Sababi -g‘an li hosila, dastlab, qipchoq tillarida sifatdosh, sifat ma’nosiga ega bo‘lgan. Bundan bobotil davridayoq -qan//-g‘anli tobe bo‘lakli aniqlovchili so‘z birikmasi mavjud bo‘lgan, deyish mumkin.
2. -an//-yanli sifatdosh. Bu model janubi-g‘arbiy turkiy tillarda uchraydi: ozarb. uchan gush, turkm. gelyän adam (kelayotgan odam), ammo gelen adam (kelgan odam) emas.
-an affiksli sifatdosh qipchoq tillarida hech qachon mavjud bo‘lmagan, ammo hozirgi paytda yo‘qolgan.
3.-dїqli sifatdosh: turkm. ekilmedik yer (ekilmagan yer), ozarb. aldїg‘їm kitab (men olgan kitob), tur. qazїlmadїk a(g‘)ach (kovlanmagan daraxt), gag. oldu: ish (bajarilgan, bo‘lgan ish);
-dїq li sifatdosh bilan kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari ancha qadimgi turkiy yozma yodgorliklardayoq qayd qiliñan edi.
-dїq//-tїq affiksi bobotil davridayoq mavjud edi. Buni turkiy tillarning turli guruhlarida uchrashi ham tasdiqlaydi: tat. qa°ldїq (qoldiq), ya°stїq (yostiq), tur. bildik va hokazo.
Ehtimol, o‘sha vaqtda -dїq affiksli otlar sifatdosh ma’nosiga ega bo‘lgandir. Ana shundan “sifatdosh+ot” so‘z birikmasi modeli paydo bo‘lgandir. Keyinchalik hududiy tarqalish ro‘y bergan . O‘g‘uz tillarida muayyan davrda ular ancha sermahsul bo‘lgan, ammo so‘ngra ularning qo‘llanish doirasi qisqargan. Qipchoq tillarida -dїk li ot uncha taraqqiy etmagan.