KIRISH. “TURKIY TILLARNING QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI” FANI PREDMETI
Reja: 1. Kirish. Kursning maqsad va vazifalari.
2. Turkiy tillar oilasi haqida.
3. Turkiy tillarga xos xususiyatlar.
4. Turkiy tillar oilasiga mansub xalqlar.
5. ”Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”ning boshqa fanlaf bilan aloqasi.
6. Fanni o‘qitishninig ahamiyati.
Adabiyotlar: 1. Hasan Ato Abushiy. Turkiy qabmlar. Toshkent, «Cho‘lpon» nashriyoti, 1993.
2. Tyukskiye yazïki. II tom, Moskva, 1960.
3. Nurmaxanova A. Türki tilderiniñ salїstїrmalї grammatikasї. «Mektep», Almatï, 1971.
4. Baskakov N. A. Vvedeniye v izucheniye tyukskix yazïkov. Izd. 2-oye, Moskva, 1969.
5.Gumilov L. N. Qadimgi turkiylar. “Fan”, Toshkent, 2007.
6. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: Turkiy tillar. Agglutinatsiya. Turkiy xalqlar. Ozarbayjonlar. Oltoylar. Balqarlar. Boshqirdlar. Gagauzlar. Qozoqlar. Qaraim-lar. Qoraqalpoqlar. Qorachoylar. Qumiqlar. Qirg‘izlar. Qrim-tatarlar. No‘g‘oy-lar. O‘zbeklar. Uyg‘urlar. Tatarlar. Tofalar. Tuvalar. Turklar. Turkmanlar. Xakaslar. Urumlar. Sho‘rlar. Chuvashlar. Yoqutlar.
1. Kirish. Kursning maqsad va vazifalari. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani bakalavr darajasining o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi (5220100) bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi.
O‘quv rejasiga muvofiq, ushbu fan 4-kursda YIII semestrlarda o‘qitiladi.
Mazkur fan talabalarni umumfilologik planda tayyorlashda muhim hamiyat kasb etadi.
Ushbu fanni o‘qitishdan kuzatilgan asosiy maqsad– filolog talabalarni turkiy tillarninig fonetik, leksik, xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning morfolo-gik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy bosqichlarini o‘rganish, umumtaraqqiyot bosqichiga oid xususiyatlar-ning hozirgi turkiy tillardagi ifodalanish darajasini belgilashdan iborat.
Mazkur fan barcha turkiy tillarni yalpi tizim sifatida o‘rganadi. Bunda grammatik hodisalarning sistem-struktur tahlili, bu tillarning o‘zaro ta’siri va mu-nosabati inobatga olinadi.