-dїn//-din ablautivi turkiy tillarning janubi-sharqi guruhiga mansub bo‘lgan uyg‘ur, eski o‘zbek, qadimgi uyg‘ur tillari uchun xarakterli.
Sariq uyg‘ur tilida ablativning ikkala affiksi ham uchraydi: -dan//-den, -tan// -ten va -dїn//-din, -tїn//-tin. Ushbu affiks M. Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk»ida ham uchraydi: mendan va mendin, attan va attїn. Bu dialektal rang-baranglikdan dalolat beradi.
-g‘aru affiksli ravishlar makon munosabatini anglatadigan otlardan hosil qilingan: ilgärü<il (old), yuqarї<yoq/yiq (yuqori), dasharї<dash (tashqari tomon) kabi. Ushbu hosila chuvash va yoqut tillaridan boshqa barcha turkiy tillarda, shuningdek, qadimgi turkiy yodgorliklarida uchraydi: yoqqaru (yuqori), ilgärü (oldingi, sharqqa), ichkärü (ich tomonga). -g‘aru affiksi -g‘a+ru, ya’ni jo‘nalish va yo‘nalishni anglatadigan -ru dan tashkil topgan.
-g‘aru//-gerü yordamida hosil qilingan ravishlarning qadimgi turkiy tilda uchrashi diqqatga sazovor: kiru (orqaga, g‘arbga); qar. karї (qayerga), q.balq. beri (bu yerga)~arї (bu yerga). Qaraim tilidagi karї, keyre, kayarї, qayri, qayratatar tilida kara (qayerga) tarzida uchraydi.
Hozirgi turkiy tillarda -g‘arї//-geri, -arї//-eri lardan tashqari (-g‘) arїq va -q (-q//-k jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi) uchraydi. Bunga turkman tilining dialektlarida duch kelinadi: ilerik, dasharїk; xalaj dialektida: buraq (bu yerga). Bu yerdagi -qtasdiq yuklamasi -aq bilan bog‘liq: nächük<nägä -aq; joqarїq< yoqarї-aq. -ra//-rä affiksli ravishlarga qadimgi turkiy tashra (sirti), ichra (ichi): tashra tonsїz, ichrä ashsїz–ichi oshsiz, sirti(usti) to‘nsiz (Kultegin bitigtoshi), asra (pastda), soñra (so‘ngra) kabi so‘zlar tarkibida uchraydi. Ular keyinchalik ko‘makchilarga aylangan. Ular keyinchalik ko‘makchilarga aylangan. Ushbu affiks bilan kelgan ravishlar hozirgi turkiy tillarda uchraydi: tur. bura (shu yerda), neche (qayerda), ozarb. hara (qayerga): tashra<tash+ї-r-a; bura<bu+ara, nere< ne+yer.