Chegaralov yuklamasi (faqat): olt., shor., xak. la//le, tuv. la. Bular ushbu tillarning xarakterli xususiyati hisoblanadi.
5. Iltimos, istak ma’noli yuklamalar. Iltimos, istak ma’noli yuklama: tat., qirg‘., shor., qr.tat., q.balq., qum.: chї//chi; q.tat., o‘zb., xak.: chi; uyg‘., barab.tat.: chї//chi; qoz., q.qalp., no‘g‘.: shї//shi; chuv. shi; qr.tat. shi; boshq. sї//si. U Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»ida ko‘p uchraydi: barma-chu (bormasin-chi); kel-chi (kelsang-chi). Bu yuklama hozirda og‘zaki nutqda qo‘llanilib, ma, g‘їna va qadimgi yuklamaga borib taqaladi.
A//ä//e yuklamasi–istak, xohish, intilish, nutqning emotsionalligini oshirish ma’nolarini ifodalaydi: turkm., uyg‘.; a//ä; gag., oz., q.balq., tuv. a; tur., qoz. a//e. U fonetik jihatdan turlichadir: ozarb., uyg‘., hä. turkm., xa//xä, chuv. ha, qoz. hay, av. Bular boshlang‘ich variantdan kelib chiqqan. U qadimgi turkiy yodgorliklarda uchraydi: Ädgü sen braman-a (O, sen yaxshi braxman!). Bunday yuklama dunyoning ko‘pchilik tillarida mavjud bo‘lib, u undovdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
6. Inkor yuklamalari: turkm. däl, gag. diil, qr.tat. degil, q.balq. tüyüldü, qar. tyüvül, qoz. tügil, o‘zb. na kabi. Yuklamalar, odatda, ot, ayrim tillarda fe’l bilan qo‘llaniladi: tur. degil.
7. Tasdiq yuklamasi (ha): qoz. iye, ya; tuv. iye, chuv. iyya, gag. ya//ye– ozchilik tillarda qayd etilgan, ammo ko‘pchilik (keng) hududda tarqalgan bo‘lib, arxaik, kelib chiqishi umumturkiy bo‘lishi ham mumkin.
Bir qancha yuklamalar er fe’li zamirida kelib chiqqan (bo‘lmoq): qoz. eken, olt., iyne (axir), qirg‘. imish, qoz. mїs//mis (go‘yo), qoz. emes, yoq. eme, tuv. eves va hokazo.
Turkiy va mo‘g‘ul tillari uchun mushtarak bo‘lgan so‘roq, mo‘g‘. bur. be inkor, mo‘g‘. büü, bur. bü yuklamalaridir. Keltirilgan umumiylik, shuningdek, grammatik formalarning o‘xshashligi, birinchidan, mo‘g‘ul va turkiy tillarning qadimgi mustahkam aloqalari, ikkinchidan, yuklamalarning arxaikligidan dalolat beradi. Bu yuklamalar shunday shaklda qadimgi xitoy tilida mavjud edi. Mayya tilida ma inkor yuklamasining mavjudligi tasodifiy moslik bo‘lib, oltoy tillari va Amerika hindulari tillarining qarindoshligi taxminiga borib taqaladi.
Shunday qilib, qadimgi turkiy yodgorliklarda qayd etilgan yuklamalarga ma, yo, ök, qїna, chilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |