Yunon-Baqtriya davlati. Kopchilik tadqiqotchilarning etirof etishlaricha, Yunon-Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining qozgoloni xususiyatiga ega bolib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qollab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bolgan turli sanalarni belgilaydilar (mil.avv. 256, 250, 248 va 246-145 yy). Bu davlatning asosi Baqtriya bolib, bazi hukmdorlar davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning shimoli-garbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo ortasidagi katta yerlar qoshib olinadi.
Baqtriyaning salavkiylar davlatidan ajralib chiqishi xususida rimlik tarixchilar Pompey Trog va Yustinda ozuq-yuluq malumotlar saqlangan bolsa-da bu haqda batafsil malumotlar uchramaydi. Shunga qaramasdan mavjud tangashunoslik, ayrim xojalik hujjatlari, sanat yodgorliklari, sugorish inshootlari va imoratlar qoldiqlari bergan malumotlar asosida bu davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqida malum tasavvurlarga ega bolish mumkin. Ammo, Yunon-Baqtriya davlatining siyosiy tarixi kop hollarda qiyosiy solishtirish va taxminlarga asoslanadi.
Yunon-Baqtriyada davlat podsho tomonidan boshqarilgan bolib, tangashunoslik malumotlari Diodot I,II,III, Yevtidem I,II, Demetriy, Geliokl, Platon kabi podsholari haqida xabar beradi. Salavkiylar kabi Yunon-Baqtriya podsholari ham davlatni satrapliklarga bolib idora etganlar.
Kopchilik tadqiqotchilarning fikricha, Yunon-Baqtriya mulklarining chegaralar doimiy mustahkam bolmasdan, harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib ozgarib turgan. Mil.avv. III asrning oxirlari Orta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy malumotlar beradi. Uning yozishicha, salavkiylar tomonidan Baqtrada qamal qilingan Yevtidem ularning hukmdori Antiox III ga «chegarada kochmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan otadigan bolsa har ikkala tomonning ham ahvoli ogir bolishi mumkinligini» bildiradi. Polibiy malumot bergan ushbu kochmanchilar mil.avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun Sugdni egallagan bolib, bu hududlar Yunon-Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy chegarasi bolib qoladi. Shuningdek, garbiy Hisor toglari ham shimoliy chegaralar bolgan bolishi mumkin.
Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri III asrning ikkinchi yarmi va mil.avv. II asrning birinchi yarmiga togri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabogtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda koplab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.
Yunon-Baqtriya markazlashgan davlat bolib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir nechta viloyat (satrapiya) larga bolingan bolib, bu viloyatlar boshqaruvchilari yoki hokimlari podshoga boysunar edilar. Ammo, bu davrda davlat nechta satrapiyalar bolganligi va ular qanday nomlanganligi malum emas. Strabon malumotlariga kora, satrapiyalarga noib satraplarni tayinlashda qarindoshchilik ananalariga amal qilingan bolishi mumkin.
Yunon-Baqtriya podsholigi davlat tuzilishining muhim tomoni qoshin va uni tashkil etish edi. Avvalo, takidlash lozimki, yunon-baqtriya qoshinlarining katta qismini baqtriyaliklar va boshqa mahalliy aholi tashkil etgan. Qoshinning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari otliq-suvoriylardan iborat bolgan. Qoshinlar tarkibida harbiy fillar ham bolgan.
Oz vaqtida V. V. Grigoryev Baqtriyadagi yunon hokimiyati yagona monarxiya tomonidan amalga oshirilmay davlatlar uyushmasi (ittifoqi) tomonidan amalga oshirilgani dastavval, nisbatan kuchlilar, ular orasidan «baqtriyaliklar», keyin esa «ularga tobe bolganlar» haqidagi konsepsiyani ilgari surgan edi. Hozirgi vaqtda kopchilik tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya podsholarining boshqargan hududlari Shimoliy Afgoniston, Janubiy Ozbekiston va Hindiqushdan janubdagi ayrim viloyatlar bolganligini etirof etadilar. Bu hududlardagi markazlashagn davlatda Diodot I, keyin esa Yevtidem I (yani, mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi) davrlarida kuchli podsho hokimiyati mavjud edi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragidan boshlab Yunon-Baqtriya podsholigining inqiroziga qadar davlatda mutlaq birlik va barqarorlik bolmagan.
Songgi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda koplab arxeologik topilmalar Amudaryo orta oqimining ong va chap qirgogi aholisining mil.avv. III-II asrlardagi ozaro aloqalaridan darak beribgina qolmay, bu yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. E.V.Rtveladzening fikricha, mil.avv. 250-140/130 yillar davomida Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bolib, bu davrda Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil.avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib kochmanchilar zarbalari va ozaro taxt uchun kurashlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi.