Aleya shoes export



Yüklə 139,53 Kb.
səhifə12/13
tarix04.10.2022
ölçüsü139,53 Kb.
#64541
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Alisher hisobot (2)

Xulosa va takliflar
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:

  • milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  • yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

  • prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;

  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

  • iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;”5 kabi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bitiruv malakaviy ishda olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va taklif tavsiyalar ishlab chiqarildi:

  1. Korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi ishlab chiqarish saloxiyatdan qay darajada foydalanishiga chambarchas bog‘liq. Har kanday korxona o‘z faoliyagini tegishli resurslar bilan ta’minlab turishi uchun ma’lum darajada iktisodiy saloxiyatga ega bulishi lozim. Korxona ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lmasa, o‘zining moddiy texnika bazasini, aylanma mablaglarini va mexnat jamoasini shakllantirish imkoniga ega bo‘lmaydi. Demak, korxonalar, eng avvalo, ma’lum darajada ishlab chiqarish saloxiyatga ega bo‘lishi lozimdir.

  2. Korxonaniig ishlab chiqarish salohiyati deganda unda sodir bo‘ladigan moliyaviy-xujalik faoliyatini (iqtisodiy jarayonni) to‘liq ta’minlashda bevosita ishtirok etadigan barcha moddiy va mehnat resurslari (boyliklari) xamda nomoddiy aktivlar majmui tushuniladi

Korxona ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni iqtisodiy mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  • Ishlab chiqarish salohiyat holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • Ishlab chiqarish salohiyat bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • Ishlab chiqarish salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

3. Ishlab chiqarish korxonalarida iktisodiy salohiyat tahlilining asosiy vazifalari uning mazmunidan kelib chikadi va kuyidagilarni uz ichiga oladi:
* biznes rejalar (ishlab chikarish dasturlari, reja vazifalari),mandartlar va (ichki xujalik) me’yoriy darajalarni (ularni ishlash boskichida) ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish;
* biznes rejaning bajarilishini, standartlar va me’yoriy darajalarga rioya kilinishini xar tomonlama chukur va ob’ektiv baxolash;
* mexnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishning iktisodiy samaradorligini aniklash;
* ichki xujalik rezervlarini kidirib topish, ularni ulchash va amaliyotga tadbik kilish buyicha tavsiyalar ishlab chikish;
*xo‘jalik yuritish tamoyillariga rioya kilinishi ustidan nazorat qilish;
* boshkaruv karorlarini optimalligini tekshirish.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘li ortiqcha uskunalar miqdorini kamaytirish va o‘rnatilmagan uskunalarni ishlab chiqarishga tezroq jalb etish hisoblanadi. Mexnat vositalari katta qismining bekor turishi ishlab chiqarishni o‘stirish imkoniyatlarining qisqarishiga, uskunalarning bekordan bekor jismoniy eskirishiga va uzoq vakt ishlamasdan saqlanish natijasida ularning yaroqsiz ahvolga kelib qolishiga sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yaxshi saqlangan uskunalar xam ma’navii eskirish natijasida jismoniy eskirgan uskunalar qatoriga qo‘shilib qoladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning intensiv o‘sishi vaqt birligida uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishni taqozo qiladi. Uskunalarning intensiv ish bilan ta’minlanganligini oshirish uchun ishlayotgan mashina va mexanizmlarni modernizatsiyalash, ular ishining optimal rejimini o‘rnatish lozim.
Asosiy fondlardan foydalanish intensivligini oshirish quyidagilarni talab qiladi: ishlab chiqarish texnologiyalarini va mexnat qurollarini takomillashtirish; mexnatni ilmiy tashkil etishni va boshqarishni takomillashtirish; ishchilarning professionaligi va bilmini oshirish; ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlarni bartaraf qilish.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri uning tuzilishini takomillashtirish hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarishning qanchalik o‘sishi asosiy sexlarga bog‘liq va shuning uchun ularning asosiy fondlar umumiy qiymatidagi hissasini oshirish lozim. YOrdamchi ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning ortishi mahsulotlar fond sig‘imining oshishiga olib keladi, lekin bevosita mahsulot ishlab chiqarishning ortishiga olib kelmaydi. Biroq yordamchi ishlab chiqarishning proporsional ravishda rivojlanishisiz asosiy sexlar to‘liq quvvat bilan ishlay olmaydi. SHuning uchun aosiy fondlarning optimal ishlab chiqarish tuzilishini aniqlash ulardan foydalanishni oshiruvchi asosiy yunalish xisoblanadi.
Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish korxona faoliyatini normal ta’minlashda, ishlab chiqarish rentabelligini oshirishda katta rol uynaydi. Afsuski, korxonalar xozirda ega bulgan o‘zining moliyaviy resurslari nafaqat kengaytirilgan, xatto oddiy takror ishlab chiqarish jarayonini to‘liq mikdorda ta’minlashga etmaydi. Korxonada zarur moliyaviy resurslarniig yo‘qligi, to‘lovlar intizomi darajasining pastligi o‘zaro to‘lamasliklarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Korxonalarning o‘zaro qarzdorligi - o‘tish davridagi iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyati. Ko‘pchilik korxonalar shakllanayotgan bozor munosabatlariga tez moslasha olmadi, mavjud aylanma mablag‘lardan okilona foydalanmayapdi, moliyaviy zahiralarni tuzmaydi. SHunisi muhimki, inflyasiya, xo‘jalik qonunchiligining nobarkarorligi sharoitida to‘lovlarni amalga oshirmaslik bir qator korxonalarning tijorat manfaatlari doirasiga kirdi. Ular ataylab ta’minotchilar bilan hisob-kitoblarni kechiktiradilar va bu orqali so‘m xarid kobiliyatining pasayishi xisobiga o‘z tulov majburiyatlarini kamaytiradilar.
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligiping tezlashishi hozirgi sharoitda korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yullar bilan erishiladi:
Ishlab chiqarish zaxiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zaxira normalarini joriy etish; xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning iste’molchilarga yaqinlashuvi; moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va uskunalar ulgurji savdosini kengaitirish; omborlardagi ishlarning kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida - ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish; standartizatsiya; unifikatsiya; tipizatsiyani rivojlantirish; sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini mukammallashtirish; xom-ashyo va yokilg‘i-energetika resurslaridan tejamli foydalanishni iqtisodiy ragbatlantirish tizimini mukammallashtirish; yukrri talabga ega bulgan mahsulot ulushini kupaytirish.
Muomala boskichida - mahsulot iste’molchilarini uni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; xisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita aloqalar buyicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini
oshirish; tuzilgan bitimlarga muvofiq jo‘natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi buyicha tanlash.
Bizningcha, yuqorida keltirilgan chora - tadbirlarni xo‘jalik faoliyatida qo‘llash nafakat korxonasi uchun, balki barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun samaradorlik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib keladi.
Korxonalar xujalik faoliyati natijalarini yaxshilashda mexnat salohiyatidan foydalapish samaradorligini oshirish xam muhim o‘rin egallaydi.
SHu sababli, korxonada mexnat salohiyatidan foydalanish chora-tadbirlarini xam ishlab chiqish lozim. Bizningcha, bunday chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olgan bulishi lozim:
1. Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish:
* ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
* yangi uskunalarni tadbiq etish;
* yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish;
* mahsulotlarning konstruktiv xususiyatlarini oshirish;
* xom-ashyo va yangi konstruktiv materiallarning sifatini oshirish;
2. Ishlab chiqarish va mexnatni tashkil etishni yaxshilash:
* xizmat ko‘rsatish me’yori va hududini oshirish;
* me’yorlarni bajarmaydigan xodimlar sonini kamaytirish;
* boshqaruv strukturasini soddalashtirish;
* hisob-kitob ishlarini mexanizatsiyalash;
* ish vaqtini o‘zgartirish;
* ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini oshirish;
3. Ishlab chiqarishdagi struktura o‘zgarishlari:
* mahsulotlar alohida turlarining xissasini o‘zgartirish;
* ishlab chiqarish dasturining mexnat sig‘imini o‘zgartirish - eng qulay darajasini aniqlash;
* sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlaydigan mahsulotlar xissasini o‘zgartirish;
* yangi mahsulotlar xissasini o‘zgartirishdan iborat.


Yüklə 139,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin