Men Ashurov Alisher Nasim o’g’li Samarqand iqtisodiyot va servis institute MI 120-guruh talabasiman.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 343-aonli Qarori 1-ilovasi 5.1-bandiga muofiq kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida 2021-2022 o’quv yillari bo’yicha institute tomonidan belgilangan ya’ni 21-fevral 18-iyun vaqt oralig’ida bitiruv oldi malakaviy amaliyot o’tashga Samarqand viloyati Urgut tumani Mergancha masividagi “ALEYA SHOES EXPORT “ M.J.CH korxonasiga yuborildim.
Ushbu amaliyot davomida amalga oshirilgan kunlik belgilangan vazifalarimni hisobotimda aks ettirdim. Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xom ashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida Urgutda erkin iqtisodiy zona tashkil etildi.Men amaliyotga borayotgan “ ALEYA SHOES EXPORT “ M.J.CH korxonasi Urgut tumandagi Erkin iqtisodiy zonanig Mergancha massivida joylashgan.Bu korxona oyoq kimlar ishlab chiqaradi.Mavsumiy yozgi va qishki erkaklar va ayollar oyoq kiyimini ishlab chiqaradi.
“ ALEYA SHOES EXPORT “ M.J.CH korxonasi 2018-yil 8-noyabrda o’z faoliyatini boshlagan.Maydoni 1gektar, binosi 1 ta ishlab chiqarish binos,1 ta omborxona,1 ta boshqaruv offis binosi va boshqa binolar mavjud.Korxona rahbari Temirov Abror , bosh hisobchi Axrorov Farxod, omborxona mudiri Mamadaminov Shaxboz ,ishlab chiqarish bo’lim mudiri Mahkamov Alisher boshqaruv rahbarlaridan iborat.Korxona va uning faoliyati haqida to’liq ma’lumot berilgan.