2020 yilda sotilgan mahsulot (ish, xizmat) rentabelligi 25,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib 4,7 punktga ortgan yoki 29,9 foizni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 100 so‘m sotilgan mahsulot korxonaga qancha sof foyda keltirayotganligidan dalolat beradi. Bizning tahlillar natijasi ijobiy holatni ko‘rsatmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bizning tahlilda 2016 yilda korxonaning 100 so‘m sotilgan mahsuloti korxonaga 29,9 so‘m sof foyda keltirayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu holatni xarajatlar rentabelligida ham kuzatish mumkin. 2016 yilda xarajatlar rentabelligi 41,2 foizni tashkil qilgan va 2015 yildagi darajasidan 10,0 punktga ortgan. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 100 so‘m xarajatiga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini bildiradi. Bizning misolda 2015 yilga nisbatan 2016 yilda korxonaning 100 so‘m xarajati 41,2 so‘m sof foyda olib kelganligini bildiradi. Umuman olganda “Aleya shoes export” MCHJ umumxo‘jalik faoliyati rentabelligidagi bunday o‘zgarishni ijobiy baholashimiz mumkin.