2.2.4-jadval
“Aleya shoes export” MCHJ korxonasi mablag‘lari tashkil topish manbalarining tarkibiy tahlili
(ming so‘m)
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
2021 yil
boshiga
|
2021 yil
oxiriga
|
Farqi
(+,-)
|
O‘zga
rishi,%
|
|
O‘z mablag‘larini manbalari
|
5122427
|
10234843
|
5112416
|
199,8
|
|
O‘z mablag‘larining jami mablag‘lardagi ulushi, % (1q*100:3q)
|
48,8
|
77,6
|
28,8
|
158,8
|
|
Majburiyatlar, jumladan:
|
5362348,8
|
2954510,7
|
-2407838
|
55,1
|
|
Majburiyatlarning jami mablag‘lardagi ulushi, % (2q*100:3q)
|
51,1
|
22,4
|
-28,7
|
43,8
|
|
Uzoq muddatli majburiyatlar
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
Joriy majburiyatlar
|
5362348,8
|
2954510,7
|
-2407838
|
55,1
|
|
Jami mulk manbalari
|
10484775,8
|
13189353,7
|
2704577,9
|
125,8
|
Korxonaning qarzga olgan mablag‘lari, 2021 yil boshida 5362348,8 ming so‘mni, yil oxirida esa 2954510,7 ming so‘mni tashkil qilib, 2407838 ming so‘mga kamaydi. Uning jami mulk manbalaridagi salmog‘i esa hisobot davri oxirida 22,4 % ni tashkil qildi. Demak, “Aleya shoes export” MCHJda 2021 yilda jami mulk manbalarining asosiy qismini o‘z kapitali tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki korxonaning to‘lov likvidligi ancha ko‘tarilgan.
O‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘larning nisbati koeffitsienti qarzga olingan mablag‘lar summasining o‘z mablag‘lari summasiga nisbati tariqasida aniqlanadi. Ushbu koeffitsient korxonaning o‘z mablag‘larining har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan qarzga olingan mablag‘larning miqdorini ko‘rsatadi.
2.2.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, ushbu koeffitsient “Urgut Tekstil SHifer” MCHJda 2021 yil boshiga 5362348,8 : 5122427 = 1,05 ni 2021 yil oxiriga kelib esa 2954510,7 : 10234843 = 0,29 ni tashkil etdi yoki korxonaning yil boshida o‘z mablag‘larining bir so‘miga 1,05 tiyin qarzga olingan mablag‘lar to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 0,29 tiyinni tashkil qildi. Demak, korxonaning qarz mablag‘lariga qaramligi pasaygan va oqibat natijada uning moliyaviy holatining barqarorligi yaxshilangan, degan xulosa chiqarish mumkin.
Rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning asosiy vazifasi – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellik ko‘rsatkichlarning yangi tizimini yaratish, ularni aniqlash va tahlil qilish yo‘llarini ko‘rsatish hamda ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish evaziga ichki imkoniyatlarni axtarib topish orqali tahlil qilinayotgan korxona faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda bizlar “Aleya shoes export” MCHJningn rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qildik (2.3.6-jadval). Ushbu 2.3.6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada 2016 yilda natijalar bir muncha yaxshilangan. Sof foyda miqdorining sezilarli ravishda oshishi 2021 yilda “Aleya shoes export” MCHJ ning rentabellik ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: |