II. Asosiy nazariy qism II.I. Modul tarkubiga quyidagi mavzular kiradi: 4-semestrlar: 1-mavzu. Fanga kirish. Botanika fani bo’limlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati. O’simlik hujayrasi. Osmotik bosim. Sitoplazma. Plastidlar. Botanika fani va uning ahamiyati. Botanika fanining qisqacha tarixi, bo‘limlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati. Botanika fanining bo’limlari. Hujayra tuzilishi, o’simlik hujayralarining hayvon hujayralaridan farqi. Plastidlar. Etioplastlar va geronoplastlar.
2- mavzu. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar. O’simlik to’qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to’qimalar Hujayradagi oziqli moddalar. Strukturali va zahiradagi polisaxaridlar, lipidlar. Ularning aniqlash reaktsiyalari. Kristallar va ularning ahamiyati. Hujayra qobig’i haqida tushuncha beriladi. O’simlik to’qimalari, ularning klassifikatsiyasi. Hosil qiluvchi apikal, lateral va interkolyar meristemalar. Qoplovchi to’qimalar, hamda ularning vazifalari.
3 - mavzu. Mexanik, o’tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to’qimalar Mexanik to’qimalarga tasnif, kollenxima, sklerenxima, sklereidlarning tuzilishi va vazifasi. O’tkazuvchi to’qimalarga tasnif, ularning vazifalari. O’tkazuvchi to’qima ksilema va floema elementlari, ularning bajaradigan vazifasi. O’tkazuvchi to’qimalarning poyada joylashishi, bog’lamlari, xillari. Ajratuvchi to’qima xillari, ularning tuzilishi va vazifalari. Asosiy to’qimalar, xillari va vazifalari.
4-mavzu. Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. Ildiz metamorfozlari. Geterogen, gomogen ildizlar sistemasi O’simlik ildizining vazifasi, ularning mexanik va fiziologik xususiyatlari. Ildizlarning kelib chiqishiga ko’ra bo’linishi. Ildiz klassifikatsiyasi. Sochma va o’q ildizlar. Ildiz metamorfozlari. Tuganak bakteriyalar. Mikoriza haqida tushuncha berish. Ildiz anatomiyasi – birlamchi va ikkilamchi ildiz tuzilishi
5-mavzu. Poya morfologiyasi. O’t o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Poya haqida tushuncha. Poyalarning shakli, yo’nalishi, shoxlanishi, yer ostki va yer ustki turini o’zgartirgan poyalar. Daraxtsimon va butasimon o’simliklarning hayotiy shaklallari. Kaulifloriya. Kurtak tuzilishi. Vegetativ va generativ kurtaklar. Tinim davridagi kurtaklar. Poyalarning ichki tuzilishi – o’tli o’simliklar va daraxt o’simliklar poyasining ichki tuzilishiga tasnif va ularning farqlari. Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi.