O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi: 2.1. Mavzu va ko’rib o`tiladigan masalalar tushuntiriladi. Avvalo operator haqida tushuncha beriladi. So`ngra misollar keltiriladi. Chiziqli operator ta`rifi beriladi. Misollar keltiriladi. Ixtiyoriy Rn fazoda A operatorning matrisasini tuzish masalasi ko`rib o`tiladi.
2.2. Talabalarga savollar beriladi va muhokama-mushohada yuririladi.
2.2.1. Funksiya deb nimaga aytiladi?
2.2.2. Akslantirish nima?
2.2.3. Akslantirishlar necha xil bo`ladi?
O’qituvchi, 10 minut
3
Guruhda ishlash bosqichi: 3.1. Talabalar tomonidan berilgan tushuncha va ta`rifga doir ko`rib o`tilgan misoldan boshqa misollar keltirish talab qilinadi.
3.2. Operatorning matrisasini tuzishda nimaga e`tibor berilishi muhokama qilinadi.
3.3. Talabalarning muhokamalari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.
3.4. Mavzuning qaysi sohalarda tadbiq etishi va matematikaning qaysi sohalarda juda zarurligi qayd etiladi.
O’qituvchi –talaba, 50 minut
4
Mustahkamlash va baholash uchun savollar: 4.1. Chiziqli va chiziqli bo`lmagan operatorga misol keltiring.
4.2. Agar A:X→Y bo`lsa, X Rn bo`lsa u qayerda bo`lishi mumkin?
O’qituvchi-talaba, 10 minut
5
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 5.1. Yakunlovchi fikrlar aytiladi. Maqsad va vazifalar bajarilganligi tahlil qilinadi, tegishli xulosalar chiqariladi.
5.2. Bilimlarni baholash uchun nazorat (test) savollar beriladi.