Algoritm tushunchasi Algoritmning xossalari


Mavzu: Algoritmlarni ifodalash



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə4/5
tarix07.04.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#94674
1   2   3   4   5
ALGORITMLASH ASOSLARI

Mavzu: Algoritmlarni ifodalash
Reja:

  1. Algoritmning xossalari

  2. Tarmog`lanuvchi algoritmlar.

  3. Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar.



Algoritmning xossalari
Algoritmning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:
1. Diskretlilik. Bu xossaning mazmuni-algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo`laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, uni chekli sondagi oddiy ko`rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Algoritmning bu xossasi yuqorida keltirilgan hamma misollarda yaqqol ko`rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib bo`laklay olmasak, u holda uni algoritm deb bo`lmaydi.
2. Tushunarlilik. Algoritmning ijrochisi hamma vaqt inson bo`lavermaydi. Choy damlashni yoki boshqa ishlarni bajarishni faqat odamga emas, balki robotga ham buyurish mumkin. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko`rsatmalar uning uchun tushunarli bo`lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.
O`ar bir ijrochining bajara olishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalar yoki buyruqlar birikmasi mavjud bo`lib, u ijrochining ko`rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi. Shuning uchun ijrochi uchun berilayotgan har bir ko`rsatma ijrochining ko`rsatmalar tizimiga tegishli bo`lishi kerak.
Ko`rsatmalarni ijrochining ko`rsatmalar tizimiga tegishli bo`ladigan qilib ifodalay olishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, pastki sinfning a'lochi o`quvchisi “son kvadratga oshirilsin” degan ko`rsatmani tushunmasligi natijasida bajara olmaydi. Lekin “son o`zini o`ziga ko`paytirilsin” shaklidagi ko`rsatmani bemalol bajaradi. Sababi, u ko`rsatma mazmunidan ko`paytirish amalini bajarish kerakligini anglaydi.
3. Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko`rsatmalar aniq mazmunda bo`lishi kerak. Chunki, ko`rsatmadagi noaniqliklar mo`ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi.
Odam uchun tushunarli bo`lgan “3-4 marta silkitilsin”, “5-10 daqiqa qizdirilsin”, “1-2 qoshiq solinsin”, “tenglamalardan biri yechilsin” kabi noaniq ko`rsatmalar robot yoki kompyuterni qiyin ahvolga solib qo`yadi. Bundan tashqari, ko`rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko`rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko`rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan.
4. Ommaviylik. O`ar bir algoritm mazmuniga ko`ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o`rinli bo`lishi kerak. Ya'ni, masaladagi boshlanQich ma'lumotlar qanday bo`lishidan qat'iy nazar algoritm shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqlidir.
5. Natijaviylik. O`ar bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko`p bo`lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan keyin qo`yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko`rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb ayta olmaymiz.

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin