Algoritm tushunchasi Algoritmning xossalari



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə5/5
tarix07.04.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#94674
1   2   3   4   5
ALGORITMLASH ASOSLARI

Algoritmning xossalari
Algoritmlarni asosan 3 turga bo`lish mumkin:
1) Chiziqli algoritmlar (3.1-Rasm. a));
2) Tarmog`lanuvchi algoritmlar(3.1-Rasm. b));
3) Takrorlanuvchi algoritmlar(3.1-Rasm. v)).
1. Chiziqli algoritmlar
Chiziqli algoritmlarda asosan hech qanday shart tekshirilmaydi va jarayonlar tartib bilan ketma-ket bajariladi. Demak, chiziqli algoritmlar sodda hisoblashlar yoki amallar ketma-ketligidir. Chiziqli algoritmlarga misol qilib quyidagi formulalar bo`yicha hisoblashlarni keltirish mumkin:
, b=s·n
2. Tarmog`lanuvchi algoritmlar.
Biror shartning bajarilishi bilan bog`liq ravishda tuziladigan algoritmlarga tarmog`lanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmog`lanuvchi algoritmlar hisoblashlar ketma-ketligini aniqlaydigan shartlarni o`z ichiga oladi. Blok-sxema ko`rinishida bu shuni bildiradiki, blok-sxemada hech bo`lmaganda bitta romb ishtirok etadi. Masalan: ko`chaga qanday kiyimda chiqishimiz ob-havoga, avtomatdan sharbatli yoki mineral suv ichishimiz esa unga qancha so`mlik “jeton” tashlashimizga bog`liqdir. Yuqorida keltirilgan “Svetofor” algoritmi ham tarmog`lanuvchi algoritmga misoldir.
3. Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar.
Ma'lum bir shart asosida algoritmda bir necha marta takrorlanish yuz beradigan jarayonlar ham ko`plab uchraydi. Masalan, yil fasllarining har yili bir xilda takrorlanib kelishi, har haftada bo`ladigan darslarning kunlar bo`yicha takrorlanishi va hokazo. Demak, takrorlanuvchi algoritmlar deb shunday algoritmlarga aytiladiki, unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir necha marta takrorlanadi, bu ketma-ketlik tarmog`lardan iborat bo`lishi ham mumkin. Bundan chiziqli va tarmog`lanuvchi algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlarning xususiy holi ekanligi kelib chiqadi.
Masalan, Natural sonlarning yig`indisini topish algoritmi-takrorlanuvchi algoritmga misol bo`la oladi. Haqiqatan ham, yig`indi quyidagicha hisoblanishi mumkin:
1) S ning dastlabki qiymati 0 deb olinsin (S:=0);
2) i ning qiymati 1 deb olinsin (i: = 1);
3) S ga i ni qo`shib, natija S deb olinsin (S: =S+i);
4) i ga 1 ni qo`shib, uni i bilan belgilansin
(i: = i +1);
5) agar i=n bo`lsa, u holda 2-banddan boshlab takrorlansin;
6) tugallansin.
Bu masala yechishning blok-sxema ko`rinishidagi algoritmi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Izoh. 3), 4) amallarga e'tibor bering. Uning matematikada ma'nosi yo`q, lekin algoritmlar nazariyasida u avvalgi qiymatlar s va i ga biror sonni, bizning holimizda i va 1 sonlari, qo`shib yangi qiymatlar hosil qilishni anglatadi. Xuddi shu algoritm yordamida n ta sonlar ko`paymasini ham hosil qilish mumkin.
Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin