Tiplarni oshkor o‘zgartirish amali Tiplarni oshkor o‘zgartirish amali operand qiymatining tipini boshqa tipga o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu amalni qo‘llab, kattaroq tipli qiymatlarni kichikroq tipga o‘zgartirilsa, qiymatlarda yo‘qotish kuzatiladi.
Sintaksisi:
( tip ) ifoda; Bu yerda tip - ifoda qiymatini qaysi tipga o‘zgartirish lozimligini bildiruvchi tip, ifoda esa - o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas nomi va sh.k.
Masalan:
long b = 300; int a = (int) b; // Ma’lumot yo‘qolishi yuz bermaydi int d = (byte) a; // Ma’lumot yo‘qoladi
Ko‘paytirish, bo‘lish va qoldiqli bo‘lish Ko‘paytirish amali(*) ikki operandni ko‘paytirish orqali hosil bo‘lgan natijani qaytaradi. Standart ko‘paytirish amali int, uint, long, ulong, float, double va decimal tiplari uchun aniqlangan. Boshqa tipli kattaliklar uchun ham ko‘paytirish amalini qo‘llash mumkin, faqat ushbu tip uchun avtomatik o‘zgartirish amalga oshishi lozim bo‘lishi kerak. Natijaning tipi - agar katta tipli operand qiymati int tipidan kichik bo‘lmasa, shu operand tipida, aks xolda eng kamida int tipida bo‘ladi.
Bo‘lish amali ( / ) – birinchi operandni ikkinchisiga bo‘lish uchun qo‘llaniladi. Standart bo‘lish amali int, uint, long, ulong, float, double va decimal tiplari uchun aniqlangan. Boshqa tipli kattaliklar uchun ham bo‘lish amalini qo‘llash mumkin, faqat ushbu tip uchun avtomatik o‘zgartirish amalga oshishi lozim bo‘lishi kerak. Natijaning tipi eng kamida int tipida bo‘ladi.
Bo‘lish amali bajarilishida agar operandlar har ikkisi ham butun tipli bo‘lsa, natija avtomatik yaxlitlanadi. Agar bo‘luvchi 0 bo‘lsa, System.DivideByZeroException xatoligi generatsiya qilinadi.
Agar operandlarning biri haqiqiy tipli bo‘lsa, natija haqiqiy son chiqadi va yaxlitlanmaydi.
Qodiqli bo‘lish amali( % ) turli tiplar uchun turli formula bilan hisoblanadi. Agar operadlarning har ikkisi butun tipli bo‘lsa, natija x - (x / y) * y formula orqali hisoblanadi. Agar bo‘luvchi 0 ga teng bo‘lsa xatolik avtomatik tarzda generatsiya qilinadi.
Agar operandlarning xech bo‘lmasa bittasi haqiqiy tipli bo‘lsa, natija x – n * y formula bilan hisoblanadi. Bu yerda n – soni - x ni y ga bo‘lishdan hosil bo‘lgan natijadan kichik yoki unga teng bo‘lgan eng katta butun son.