46
2.
Kichik guruhlar shakllantiriladi. Kichik guruhdagi o`quvchilarning
soni 3 – 5 tadan oshmasligi kerak, ammo topshiriq, sinf xususiyatlariga
bog`liq tarzda guruh soni o`zgarishi mumkin.
Kichik guruhlarda ishlayotganda guruh ishtirokchilari o`rtasida
vazifalarni taqsimlagan ma`qul. Masalan, bir o`quvchi
munozarani yuritadi,
ikkinchisi qabul
qiluvchi qarorni yozib boradi, uchinchisi
ajratilgan vaqtni
nazorat qiladi. To`rtinchisi esa guruh qarorini taqdim etadi va h. k. Odatda ikki
asosiy usuldan foydalangan holda sinf guruhlarga ajratiladi.
Birinchisida
o`quvchilar hohishiga ko`ra, ikkinchisida esa hisoblash uslubi bilan ajratliadi. (1
– 3, 2 - 4)
3.
O`qituvchi vaqt hajmini ko`rsatgan holda guruhlarga yo`l – yo`riq
beradi.
4.
Guruhda ishlash yakunlanganidan keyin qaror taqdimoti bo`lib
o`tadi. Uni spiker taqdim etishi kerak. Vaqt imkoniyati bo`lsa guruhlar
bir – biriga savollar berishi mumkin.
5.
Taqdimot natijalari yuzasidan muhokama va baholash o`tkaziladi.
Bunda quyidagicha savollar berish mumkin:
-
Kichik guruhlarda ishlashda qanday natijalarga erishildi?
-
Qaysi muammo tanlandi? U yechim topdimi? va ho kazoo.
Kichik guruhlarda ishlashni o`tkazish qoidalari.
1.
Kichik guruhlarda ishlash uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq
rioya qilish;
2.
Guruhlarga yordam berayotganda o`qituvchi tazyiq o`tkazmasligi;
3.
O`quvchilar aytgan fikrlar boshqacha nuqtai nazarda bo`lgan ta`lim
oluvchilar tomonidan nazarda tutilgan reglament
doirasida asoslangan
tanqidga yoki muhokamaga tortilishi mumkin.
4.
Zarurat
taqozo etganda, bayon etilgan
fikrga tuzatishlar kiritish,
aniq va qisqa ifodalashga imkon beradi.