------------------------3--------------------------
Amir Temur vafotidan so’ng saltanatda boshlangan siesiy boshbodoqlik
va uni bir qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi, «Buyuk ipak yo’li»ga
e’tiborning pasayishi oqibatida G’arbiy Evropa davlatlari bilan Temurning
o’rnatgan bevosita savdo va elchilik aloqalari asta-sekin susayib, keyinchalik
esa butunlay
barham topdi. Bu, shubhasiz, Markaziy Osiyoning G’arbiy
Evropa va unda shakllanaetgan jahon bozoridan ajralib, Markaziy
Osieliklarning dunyo xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqietidan chetda
qolishining boshlanishi edi.
Amir Temur vafoti bilan vorislar o’rtasida toju-taxt talashuvi
13
boshlandi. Oqibatda Xurosonda SHohrux Mirzo; Balx, G’azni. Qandahorda
Pirmuhammad; G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o’g’illari
Umar Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi bulib mutlaq bo’lib oladilar.
«Buyuk ipak yo’li»ning shimoliy yo’nalishida joylashgan viloyatlar
Turkiston, Sabron, O’tror, Sayram Amir Berdibekning tasarrufida qoladi.
O’ra-Tepa bilan Farg’onani Amir Xudoydod egallab oladi, Xorazmni esa
Oltin O’rdaning nufuzi amirlaridan Idiku O’zbek bosib oladi. SHunday qilib,
muhim savdo yo’lida joylashgan deyarli barcha hududlarda hukmdorlar o’z
tartiblarini o’rnatishga kirishdilar.
Amir Temur avlodari o’rtasidagi hokimiyat uchun qattiq kurash naqd
besh yilga cho’ziladi va, shubhasiz, mamlakat aholisining iqtisodiy ahvoliga
keskin ta’sir etib, xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo’lgan edi.
Temuriyzodalar oliy hokimiyat uchun, noiblar o’z viloyatlarida mustaqil
bo’lib olish uchun kurashdilar. SHoxruh boshlagan harakat mamlakat
fuqarosining ko’pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. SHu boisdan,
SHoxruh Temur hukmronligi o’rnatilgan viloyatlarni o’z qo’l ostiga olishga
hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga muttasil harakat
qiladi.
SHoxruhning o’limi temuriylar o’rtasida o’zaro urushlarni yana avj
oldirib yuboradi. Uning o’g’li Ulug’bek hukmronlik qilgan davrni ham siesiy
beqarorlik, taxt uchun kurashlar bilan ta’riflash mumkin. Temuriyzodalar
o’zaro kurash bilan band bo’lib, «Ipak yo’li»ga e’tibor bermay qo’ydilar.
Masalan, Abdulatif ham «Buyuk ipak yo’li»dan boj olishni to’xtatdi, garchi
Ulug’bek bunga katta e’tibor bergan edi. Natijada «Buyuk ipak yo’li»da
karvonlar yurishi kamaydi, chunki ularning havfsizligini ta’minlaydigan
kuchlar barham topdi.
XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida Movarounnahr hududi bir
necha mustaqil mulklarga bo’linib ketdi. Ular iqtisodiy jihatdan bir-birlari
14
bilan mustahkam bog’liq edilar, lekin ayrim viloyatlarning hokimlari
o’rtasidagi uzluksiz to’qnashuvlar aholining o’zaro xo’jalik aloqalariga
halaqit berar edi.
Ayrim hukmdorlar o’z qo’shnilarining erlarini bosib olish hisobiga o’z
erlarini kengaytirish payida bo’lib, yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqqanda,
talab olingan mol-mulklar bilan cheklanishar edi. XV asrning oxirlarida
feodallarning bir-birlariga qarshi chiqishlari ancha keskinlashdi. Samarqand
va Buxoro jo’shqin ichki savdo va boshqa davlatlar bilan savdo markazlar
hamda savdo karvonlarining yo’llari tutashgan shaharlardan edilar. CHo’l
aholisi va yirik shaharlardan yiroqdagi tumanlar bilan ayirboshlash savdosi
mavjud edi. Qozoq sultonlariga asirga tushgan mashhur odamlar evaziga
tovon to’lash uchun o’zbek xoni SHayboniy farmoyishiga binoan bir necha
tuyaga yuk bo’ladigan narbas gazlamasi tayerlab qo’yilgan edi.
Karvon yo’llari Markaziy Osie shaharlarini hozirgi Afg’oniston,
Hindiston, Eron markazlari bilan Sirdare eqasidagi shaharlar Qozog’iston
cho’lidan ko’chmanchilar va Sibir bilan bog’lar edi.
SHu yillarda Xitoy bilan savdo aloqalari ancha susaydi. Xitoy bilan
Markaziy Osie o’rtasidagi karvon yo’llarida joylashgan viloyatlarda siyosiy
beqarorlik buning asosiy sababi bo’ldi.
Mamlakatdagi va qo’shni viloyatlardagi feodal mojarolarning
kuchayishi chet elliklarning bosqinlar karvon yo’llari havfsizligini ta’minlash
imkoniyatidan mahrum qildi. Natijada qo’shni davlatlar bilan savdo-
diplomatik munosabatlar ham buzildi. Savdo yo’llarining janubga ko’chishi
va dengiz savdosining kuchayishi Markaziy Osiyo shaharlarining tashqi
savdo aloqalariga jiddiy zarba bo’ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli
Hindistondan va hatto ancha shimoldagi viloyatlardan mollarning ko’pgina
turlari dengiz yo’lidan yuborila boshladi.
Xalqlarning madaniyatlari va urf-odatlari bir-biriga yaqinlashib, o’zaro
15
munosabatlarning har taraflama yaxshilanishida «Buyuk ipak yo’li»ning
ahamiyati benihoyat katta bo’ldi.
1. «Ipak yo’li» Markaziy Osie xalqlari iqtisodi, madaniy va siesiy hayotida
juda katta rol o’ynadi. U tufayli Markaziy Osie xalqlari G’arb va SHarq
dunyosi va ularning xo’jalik ixtirolaridan bahramand bo’ldi.
2. «Ipak yo’li»da Markaziy Osiyo SHarq va G’arb o’rtasida vositachilik
rolini o’ynadi. Natijada, Markaziy Osieda migrasiya jarayoni kuchayib,
turkiy etnik unsurlarning katta-katta guruhlari paydo bo’ldi.
3. Milodiy era boshlariga kelib, ipakchilik SHu viloyatiga ham yoyildi. III
asrdan boshlab, ipakchilik markazi shimoliy g’arbga SHarqiy Turkistonga
ko’chdi. Undan Farg’ona vodiysi, Sug’d, Eron va Vizantiyaga yoyildi.
4. IX-X asrlarda Somoniylar, XI-XII asrlarda Qoraxoniylar va Saljuqiylar,
XIII asrdan mug’ul imperiyasi va, nihoyat, XIV asrning 70-chi yillarida
Temur davlati nazoratida bo’ldi.
5. Ko’p tarmoqli «Ipak yo’li» savdosida Sug’d savdogarlarining o’rni katta
bo’ldi. Milodiy eradan boshlab, IX asrgacha esa sug’d tili ipak yo’llari
doirasida jahon savdo tili darajasigacha ko’tarildi.
6. «Ipak yo’li» savdosida sug’dlardan tashqari parfiyaliklar, Eron
sosoniylari,
turklar,
kushonlar,
xotanlar, uyg’urlar, tibetliklar,
baktriyaliklar ham katta rol o’ynaganlar. Ularning barchasi bu tarixiy
jarayonning ijodkorlari sifatida iz qoldirganlar.
Dostları ilə paylaş: |