Алишер Навоий номидаги Самарқанд Давлат университети Тарих факултети


----------------------------4--------------------------



Yüklə 300,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü300,47 Kb.
#49598
1   2   3   4   5
buyuk ipak yoli - shakillanish rivojlanish bosqichlari va hozirgi zamon

----------------------------4-------------------------- 

Bugungi  kunning  asosiy  vazifasi  bobokalonlarimiz  qachonlardir  ikki 

dunyoni  –  SHarq  va  G’arb  dunyosini  «Ipak  yo’li»  orqali  bog’lashda  faollik 

ko’rsatgan ekanlar, «Ipak yo’li» tufayli G’arb va SHarqqa, janub va shimolga 

chiqish  imkoniyatini  qo’lga  kiritgan  ekanlar,  savdo  madaniyati  bobida  o’ta 

ishbilarmon  sifatida  jahonga  mashhur  bo’lgan  ekanlar,  bu  i’ratli  tarixiy 

merosni tiklash va uni rivojlantirishdan iboratdir. 



16 

 

Keyingi  yillarda  sobiq  SSSRning  inqirozga  yo’l  tutib  qaraganda, 



parokanda  bo’lib  ketishi  natijasida,  ilgari  sobiq  SSSR  tarkibidagi 

respublikalar  mustaqil  davlatga  aylanadi.  Hozirgi  kunda  mustaqillikni  o’z 

qo’liga  kiritgan  davlatlar  xalqaro  miqyosda  jahon  xo’jalik  tarkibida  faol 

qatnashib,  dunyoning  barcha  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy 

aloqalarni olib bormoqdalar. 

Markaziy  Osiyo  hududida  joylashgan  O’zbekiston,  Qozog’iston, 

Turkmaniston, Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari ham hozirgi kunda jahon 

xo’jalik tarkibiga asta-sekinlik bilan kirib bormoqda. Jahon xo’jalik tarkibiga 

kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlari uchun «Buyuk ipak yo’li»ning roli 

benihoyat kattadir. 

      Har  bir  davlatning  iqtisodiyotida  avtomobil,  temir  yo’l,  dengiz  va 

havo yo’llarining ahamiyati qanchalik ekanligini yaxshi bilamiz. Davlatning 

geografik  joylashishiga  bog’liq  holda  turli  xildagi  yo’llarning  ahamiyati 

turlicha  dengizlardan  uzoq,  berk  havzada  joylashgan  Markaziy  Osiyo 

respublikalarida  yuk  tashishda  asosan  avtomobil  va  temir  yo’l 

transportlaridan  foydalaniladi.  Hozirgi  texnik  taraqqiyot  va  jadal  iqtisodiy 

rivojlanish davrida faqat qo’shni davlatlar bilan bo’ladigan iqtisodiy aloqalar 

bizni  kanoatlantirmaydi.  Biz  tovarlarimizni  dunyo  bozorlariga  olib 

chiqishimiz  zarur,  tovarlarni  ichki  bozorlarimizga  olib  kirishimiz  zarur. 

Buning  uchun  esa  avtomobil  va  temir  yo’l  transportlaridan  tashqari  dengiz 

transportlaridan  ham  foydalanishimiz  kerak.  Markaziy  Osiyo  davlatlariga 

masofa jihatidan eng yaqin dengiz yo’li Qora dengiz hisoblanadi.  

     1993 yil may oyida Bryusselda Evropa Komissiyasi Markaziy Osiyo 

hamda Kavkaz mamlakatlari, shuningdek, Evropa Ittifoqi davlatlari vakillari 

uchrashuvi  bo’lib  o’tdi.  Unda  «Evropa  va  Osiyoni  bir-biriga  bog’laydigan 

«Evropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagi TRASEKA»ni barpo etish masalasi 

ko’rib chiqildi. Aytish mumkinki, ayni shu uchrashuv «Buyuk ipak yo’li»ni 



17 

 

tiklash  borasida  dastlabki  amaliy  qadam  bo’ldi.  Mazkur  shartnoma  paxta 



tashishga  ketadigan  xarajatning  12  mln.dollari  yonimizda  qoladi,  chunki 

TRASEKA  shimoliy  yo’nalishga  nisbatan  2  ming  km  qisqadir.  Paxtani 

Rossiya va Qozog’iston orqali Ukrainaning Qora dengizi portlariga etkazish 

uchun  tonnasiga  100  dollar  ziyod  mablag’  sarflasak,  shu  yuk  TRASEKA 

orqali 55 dollarni tashkil etadi. 

     Hozirga qadar jahonning 50 mamlakatlari TRASEKA yo’llari orqali 

o’z yuqlarini manzillarga etkazayotir. Mazkur yo’llardan SHarq ham, G’arb 

ham birday manfaat topadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun jahon bozoriga 

keng yo’l ochiladi. 

      Evropa  va  Osiyoni  tutashtiradigan  ana  shu  yo’lning  asosiy 

bo’g’inida  O’zbekiston  joylashgan.  Markaziy  Osiyo  va  Qozog’iston 

davlatlarining  ham  markazida  davlatimizning  joylashishi  qadimdan  «Ipak 

yo’li»ning  eng  serqatnov  trassalari  o’tishiga  sababchi  bo’lgan.  Hozir  ham 

Markaziy  Osiyoni  Evropa  va  Osiyo  bilan  bog’lab  turuvchi  avtomobil  va 

temir  yo’llarning  asosiy  qismi  davlatimiz  hududidan  o’tadi.  Hozirgi  paytda 

jadal  sur’atlar  bilan  Toshkent-Andijon-O’sh-Irkeshtom-Qashqar  yo’li 

qurilmoqda.  Bu  yo’lning  asosiy  qismi  O’zbekiston  hududiga  to’g’ri  keladi. 

Ana  shu  yo’l  Evropa  va  Osiyoning  eng  katta  shaharlarini,  ya’ni  Parij  va 

SHanxayni  bir-biri bilan  bog’laydi.  Qadimdan  davlatlar  o’rtasida  yo’llar  har 

jihatdan qulay joylarda o’rnatilgan. «Buyuk ipak yo’li» ham qumli cho’llar, 

baland  tog’lar,  bepoyon  dashtlar  orqali  o’tib,  shaharlar  va  qishloqlarni 

birlashtirgan.  Hozirgi  serqatnov  katta  avtomobil  yo’llarining  ko’pchiligi 

«Ipak yo’li»ga to’g’ri keladi. 

       1998  yil  sentyabr’  oyida  Ozarbayjon  poytaxti  Boku  shahrida 

Evropa  –Kavkaz-Osiyo  transport  yo’lagini  (TRASEKA)  rivojlantirish 

bo’yicha  xalqaro  anjuman  bo’lib  o’tdi.  Una  32  davlatning  rahbari,  10dan 

ortiq  xalqaro  tashkilot  vakillari  ishtirok  etishdi.  Respublikamizning 



18 

 

Prezidenti  I.A.Karimov  TRASEKA  loyihasining  ahamiyatini  quyidagicha 



izohladi:  

 



TRASEKA  loyihasining  amalga  oshirilishi  bizni  ham  G’arb,  ham  SHarq 

dengiz  yo’llariga  chiqishimizga  imkon  yaratdi  va  eksport,  import 

tovarlarimiz ancha arzonga tushadi. 

  Kavkazorti va Markaziy Osiyo bozorlariga Evropa va Osiyo davlatlarining 



kirib kelishiga yo’l ochiladi. 

 



TRASEKA  loyihasining  kuchga  kirishiga  shunga  o’xshash  boshqa 

loyihalarning  amalga  oshishiga  imkoniyat  beradi.  Bu  esa  Evropa  bilan 

Osiyoning  Tinch  okean  hududlaridagi  davlatlar  bilan  savdo  aloqalarini 

yanada  kuchayishiga  sharoit  yaratadi.  Loyhalar  bo’yicha  quriladigan 

yo’llar  aksariyati  «Buyuk  ipak  yo’li»ning  tiklanishi  deb  atasak,  xato 

qilmaymiz. 

  Evropa-Kavkaz-Markaziy  Osiyo  yo’lagining  ochilishi  Markaziy  Osiyo 



davlatlari  va  bir  davlat  ichidagi  turli  hududlar  o’rtasidagi  iqtisodiy 

aloqalarini yaxshilaydi. 

       SHuningdek,  Islom  Karimov  Evropa-Kavkaz-Osiy  transport 

yo’lagi  mintaqaviy  iqtisodiy  hamkorlik  aloqalarini  kengaytirish,  mazkur 

yo’nalishda  joylashgan  mamlakatlar  iqtisodiyotini  rivojlantirish,  qolaversa, 

millatlararo  hamda  davlatlararo  muammolarni  echishda  katta  samara 

beradiganini ta’kidladi. 

      O’zbekiston Respublikasi mustaqil hayot va taraqqiyot yo’lidek eng 

buyuk  yo’lni  tanlab,  «Buyuk  ipak  yo’li»ni  ham  qayta  tiklash  g’oyasini 

birinchilar  qatori  ilgari  surgan  va  ushbu  g’oyani  ro’yobga  chiqarish  uchun 

tinimsiz  harakat  qilayotgan  davlatdir.  SHuning  uchun  ham  O’zbekiston 

qadimiy  «Buyuk  ipak  yo’li»ning  yuk  ortilgan  ot  va  tuyalardan  iborat 

karvonlarga  moslangan  «Ipak  yo’li»ning  o’ta  zamonaviy  mazmun  va 

darajalarda,  eng  yangi  texnika  va  texnologiyalar  bilan  qurollangan  ilg’or, 




19 

 

murakkab  transport  va  aloqa  kommunikasiyalari  sistemasi  sifatida  qayta 



tiklanish  uchun  ko’p  tadbirlarni  ko’rmoqda.  Bu  tadbirlarga  ham 

mamlakatlarni  iqtisodiy  rivojlantirish,  ham  «Buyuk  ipak  yo’li»ni  tiklash 

vositalari deb qaramoqda. 

      «Buyuk  ipak  yo’li»ning  yangi  mazmunda  va  sifatlarda  to’la-to’kis 

tiklanishi bilan Evropa va Osiyo mamlakatlari xalqlari uchun butunlay yangi 

taraqqiyot  manbalari,  omillari  va  imkoniyatlari  vujudga  keladi.  Ular  yanada 

kengaya  borib,  ekologik  muammolarning  eng  og’iri  –  Orol  dengizi 

muammosini echishga ham yordam berishi mumkin. 

       «Buyuk  ipak  yo’li»  tiklanishining  asosiy  samaralari  xususida 

quyidagilarni aytish mumkin. 

 «Buyuk  Ipak  yo’li»ning  to’la  tiklanishi  bilan  eng  avvalo  mamlakatlar 

o’rtasidagi  savdo-sotiq  munosabatlari  kuchayadi,  savdo  hajmi  oshadi  va 

ular iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadi. 

 YAngi  korxonalar,  zamonaviy  texnik  stansiyalari  va  xizmat  ko’rsatish 

shahobchalari  vujudga  klib,  mamlakatlarning  ishlab  chiqaruvchi  kuchlari 

rivojlanadi.  Ilmiy-texnik  aloqalar  hamda  yangi  texnika  va  texnologiyalar 

keltirilishi  natijasida  fan-texnika  taraqqiyoti  tezlashadi,  xo’jaliklar  va 

tovarlarning raqobatqobilligi kuchayadi. 

 Ko’plab  yangi  ish  joylari  tashkil  qilinadi  va  ular  ko’payib  boradi, 

ishsizlarning ko’pchiligi o’z joylariga ega bo’ladi. 

 Har  bir  mamlakat  ichida  va  xalqaro  ko’lamda  mehnat  taqsimoti 

chuqurlashadi  va  kengayadi,  mehnatning  yangi  turlari  va  yangi  kasblar 

vujudga  keladi.  Milliy  va  xalqaro  munosabatlar  yanada  o’zgaradi  va 

takomillashadi.  Ekologik  muhitni  yaxshilash,  tovarlar  sifatini  oshirish 

imkoniyatlari kengayadi. 

 Mahsulot  ishlab  chiqarish,  sotish  va  xarid  qilishning  eksport  va  import 

ishlarining  arzonlashuviga,  iqtisodning  o’sishiga  ta’sir  etuvchi  shart-



20 

 

sharoitlar,  omillar  yanada  kengayadi.  Bular  natijasida  kishilar  moddiy 



hayoti yaxshilanadi, moddiy farovonligi oshadi. 

 Xalqlar o’rtasidagi madaniy, ma’naviy va ma’rifiy munosabatlar, aloqalar, 

shu  jumladan,  ma’rifiy  turizm  yanada  rivojlanadi  va  takomillashadi. 

Barcha xalqlarning  har tomonlama rivojlanishi kuchayadi. 

 Iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy  va  boshqa  munosabatlarning  o’sishi, 

mamlakatlar  va  xalqlar  o’rtasidagi  siyosiy  munosabatlarga,  xalqaro 

vaziyatga ijobiy ta’sir etadi, xalqaro tinchlik va hamkorlik kuchayadi. 


Yüklə 300,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin