Алишер Навоий номидаги Самарқанд Давлат университети Тарих факултети


----------------2-------------------



Yüklə 300,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix31.12.2021
ölçüsü300,47 Kb.
#49598
1   2   3   4   5
buyuk ipak yoli - shakillanish rivojlanish bosqichlari va hozirgi zamon

----------------2------------------- 

 XIV-XV  asr  oxirida  Temur  va  temuriylar  davlati  markazi 

Movarounnahr  juda  ko’p  karvon  yo’llari  orqali  Ovrupo,  YAqin  va  O’zoq 

SHarqning yirik shahar hamda mamlakatlari bilan bog’langan edi. Serg’ayrat 

ko’chmanchilar,  turli  mamlakatlarning  jur’atli  savdogarlari  va  ko’rqmas 

sayyohlari  tomonidan  ancha  ilgari  va  ko’rib  chiqilayotgan  davrda  asos 

solingan  ushbu  yo’llar  Temur  hamda  temuriylapr  davlatining  siyosiy 

iqtisodiy aloqalarini amalga oshiradigan asosiy aloqa yo’llari edi. Binobarin, 

turli  mamlakatlardan  Movarounnahr  tomon  boradigan  karvon  yo’llari 

temuriylarning harbiy yurishlari uchun ham xizmat qilgan. Umuman olganda, 

karvon yo’llarining turli maqsadda amalga oshirilgan yurishlar uchun Temur 

harbiy yurishlarining ba’zi yo’llarini ko’zata turib Movarounnahrdan qo’shni 

hududlarga  olib borgan  karvon  yo’llarining  ba’zi qismini  aniqlash  mumkin. 

O’z  oldiga  buyuk  davlat  yaratishni  maqsad  qilgan  Temur  o’sha  paytdagi 

karvon  yo’llarining  ahamiyatini  bilgan  edi  va  undan  o’z  tashqi  siyosatida 

ustalik  bilan  foydalandi.  Qadimda  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  jihatdan 

Movarounnahr  bilan  mushtarak  bo’lgan  Xorazm  mug’ullar  davrida  ikki 

qismga  bo’linib,  markazi  Urganch  shahri  bo’lgan  shimoliy  Xorazm  Oltin 

O’rdaga,  markazi  Kat  qal’asi  bo’lgan  janubiy  Xorazm  CHig’atoy  ulusiga 

qaragan.  XIV  asrning  60-yillari  oxirida  shimoliy  Xorazmda  Qo’ng’iron 




 

so’filari  sulolasi  xukmron  bo’lib,  shimoliy  va  janubiy  Xorazm  erlarini 



birlashtirdilar.  Ayni  paytda  Xorazm  iqtisodiy  va  siyosiy  jihatdan  Oltin 

O’rdaga  bog’liq  edi.  Temur  esa  butun  Xorazmni  CHig’atoy  ulusining 

ajralmas  qismi  deb  hisoblar  edi  va  uning  hududidan  o’tadigan  ipak  yo’lini 

qo’lga kiritmoqchi edi.  

1372-1388  yillar  mobaynida  Temur  Xorazmga  5  marta  yurish qildi  va 

bu  bilan  Movarounnahr  va  Xorazmda  feodal  tarqoqlik  va  o’zaro  nizolarga 

chek  qo’yib,  Sirdaryo  bo’ylarida  Orol  dengizigacha  bo’lgan  erlarda 

yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufiga birlashtirdi.  

Amir  Temur  35  yil  davomida  mamlakatni  boshqardi.  Ko’pdan-ko’p 

harbiy  yurishlar  va  jangu-jadallarni  amalga  oshirdi.  Ko’p  mamlakatlar  zabt 

etildi.  Oqibatda  Hindiston  hamda  Xitoydan  Qora  dengizga  qadar  va  Orol 

dengizidan fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan 

o’lkan  saltanatni  vujudga  keltirdi.  Bundan  tashqari  Kichik  Osiyo,  Suriya, 

Misr  va  Quyi  Volga,  Don  bo’ylari,  Balxash  ko’li  va  Ila  daryosi,  SHimoliy 

Hindistongacha  bo’lgan  mamlakatlarni  o’ziga  bo’ysundirdi.  O’zining  ko’p 

yillik  harbiy  yurishlari  davomida  Temur  o’z  saltanatining  shon-shuxrati 

uchun  uning  markaziy  qismi  bo’lgan  Movarounnahr,  ayniqsa  poytaxt 

Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi.  Buning uchun u zabt 

etilgan  mamlakatlardan  moddiy  boyliklar  bilan  birga  juda  ko’p 

hunarmandlar,  san’at  ahllari  va  olimlari  asir  qilib  Movarounnahrga  olib 

keladi  va  mamlakatni  obod  etishda  ularni  zo’rlab  ishlatadi.  Temurga  har  bir 

zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish 

bilan nishonlash odat bo’lgan. 

Ispan  elchisi  Klavixoning  yozishicha:  u  hunarli  biror  kishini  ham 

Movarounnahrni  tashlab  ketishga  yo’l  qo’ymagan.  Aksincha,  Temurning 

amri-farmoni  bilan  Damashqning  eng  mohir  to’quvchilari,  Xalabning 

mashhur paxta yig’uvchi, Anqaraning movut to’quvchi korxonalari, Turkiya 



 

zva  Gurjistonning  zargarlari,  xullas,  ko’p  kasb-hunar  sohiblari  boshqa 



shaharlardan  Samarqandga  ko’chirib  kelindi.  U  nafaqat  Movarounnahr  va 

Turkistonni  obod  qildi,  balki  buysundirilgan  mamlakatlarning  shaharlarini 

ham qayta tikladi. Karvon yo’llarida robotlar, qal’alar, ko’priklar, shaharlarda 

masjid  va  madrasalar  hamda  bog’u-bo’stonlar  barpo  etdi.  Karvon  yo’llar 

qaroqchilardan  tozalandi.  Yo’lovchilar  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida 

ularning  kuchib  o’tishi  uchun  manzilgohlar  qurdirdi.  Qulaylik  yaratish 

maqsadida katta yo’llarga soqchilar qo’ydi. Soqchilar  yo’lovchilarning moli 

uchun  javobgar  edilar.  Eng  muhimi  Eron,  Ozarbayjon  va  Iroqdagi  feodal 

tarqoqlik  va  boshbodoqlikka  barham  berib,  SHarq  bilan  G’arbni  bog’lovchi 

qadimiy karvon yo’llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki uzoq 

va yaqin SHarq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga xalqlar 

va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo’shdi. 

Amir  Temurning  fotihlik  yurishlarini  faqat  o’lja  olishga  bo’lgan 

ishtiyoqqa yo’ymaslik kerak. U jahon karvon yo’liga hukmronlik qilishni o’z 

oldiga  maqsad  qilib  qo’ygandi.  Oltin  O’rda  xududlaridan  o’tuvchi  shimoliy 

savdo  shahrohi  (asosiy  yo’li)ni  yo’q  qilishga  va  barcha  savdo  yo’llarini 

Markaziy  Osiyo  orqali  yo’naltirishga  harakat  Oltin  O’rdaga  qarshi  zarba 

berishda  Temur  uning  ichki  ziddiyatlaridan  ustalik  bilan  foydalandi.  Temur 

Oltin O’rdani o’z davlatiga qo’shib olmoqchi emasdi, faqat u shimoli-g’arbda 

o’z  davlati  uchun  juda  havfli  kuch  bo’lgan  xonlikni  zaiflashtirish  va  uning 

sharqiy  qismini  o’z  ta’siri  ostidagi  xonlar  tasarrufiga  topshirish  hamda 

«Saroy  Berka»  orqali  o’tadigan  karvon  yo’lini  ham  Movarounnahr  orqali 

o’tish uchun kurashadi. Temur  Oltin O’rdaning  faqat Sirdar  quyi oqimidagi 

iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Xorazm va Movarounnahrga bevosita 

bog’liq bo’lgan erlarinigina qo’shib olmoqchi edi. Saroy Berka, Saroy Botu 

va  Xojitarxon  (Astraxon)  shaharlarini  egallaydi.  Temur  Oltin  O’rda 

tasarrufidagi barcha madaniy viloyatlarning xo’jalik va savdo sotiq ishlariga 



10 

 

katta  putur  etkazadi.  Bu  viloyatlar  va  ulardagi  yirik  shaharlar  ancha 



vaqtlargacha  iqtisodiy  jihatdan  qaddilarini  rostlay  ololmaydilar.  Natijada 

Xitoyni  yaqin  sharq  mamlakatlari  bilan  bog’lagan  savdo  yo’lining  Oltin 

O’rda orqali o’tgan shimoliy tarmog’i barham topadi. Endilikda butun savdo 

qatnovi  yana  Movarounnahr  shaharlari:  O’tror,  Toshkent,  Samarqand  va 

Buxoro orqali Balx, Hirot va Sultoniya tomon yo’naladi. 

Sirdaryo  atrofidagi    shaharlar  juda  keng  hududni    bog’lovchi  qism 

sanalgan. Bu erda Movarounnahr vohalari, dasht shaharlari, Oltin O’rdaning 

chet qaram erlari Dashti Qipchoq, Mug’uliston, Xitoy va boshqa mamlakatlar 

savdogarlari,  sayyohlari,  turli  din  vakillari  uchrashishgan.  Sabron,  Sig’noq, 

O’tror,  Sayram,  YAssilar  yirik  savdo  markazlari  sanalib,  shu  joylarda  turli 

mamlakatlardan  keluvchi      yo’llar  tutashgan.  SHuningdek,  ayni  joyda 

Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi Movarounnahrning boshqa shaharlaridan 

kelgan savdogarlar ham tez-tez tuxtalishgan.    Ibn Arabshohning ezishicha, 

«Ipak yo’li» orqali Samarqandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan 

ma’danlar,  Hind  va  Sinddan    yoqut,  olmos;  Xitoydan  atlas,  yashin  toshi, 

mushk  va  boshqa  mollar;  o’zga  mamlakatlardan  oltin  va  kumush  olib 

kelinardi.  CHet  mamlakatlardan  Samarqandga  olib  kelinadigan  mollarning 

miqdori  naqadar  ko’p  bo’lganligini  Klavixo  bu  shaharda  bo’lgan  vaqtida 

Xitoy  poytaxti  Xonbaliqdan  800  tuyalik  savdo  karvoni  kelganini  qayd 

etganidan ham faraz qilish mumkin. 

Movarounnahrdan Xitoyga o’sha zamonlarda  ikki karvon yo’li orqali 

borilgan. Birinchi yo’l Toshkent, Sayram, Ettisuv va SHarqiy Turkistonning 

Turfon  va  Qumul  shaharlari  orqali;  ikkinchi  yo’l  Farg’ona  vodiysi  orqali  – 

Xo’jand, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, O’sh shaharlaridan o’tib, Oloy vodiysi 

bo’ylab  borgan  va  SHarqiy  Turkistonning  Qoshg’ar,  Xo’jand  va  Erkand 

shaharlari orqali o’tgan. 

Bu  davrda  Temur  va  uning  joylardagi  noiblari    Xitoy  va  Hindistonda 



11 

 

O’rta Osie orqali  YAqin SHarq va Evropa  mamlakatlariga yunalgan asosiy 



xalqaro  savdo  yo’li  –  «Buyuk  ipak  yo’li»ni  nazorat  qilib,  savdo  karvonlari 

qatnovi havfsizligini ta’minlashda muhim chora-tadbirlar ko’rdilar va SHarq 

bilan  G’arb  o’rtasida  savdo-sotiq  va  elchilik  aloqalarini  har  tomonlama 

rivojlantirishga katta e’tibor berdilar. 

Savdo munosabatlarini rivojlantirishda elchilik aloqalari katta ahamiyat 

kasb  etgan.  Temuriy  hukmdorlarining  elchilik  va  savdo  karvonlari  Osie  va 

Ovro’poning  juda  ko’plab  mamlakatlariga  borganlar.  O’z  navbatida  chet 

mamlakatlarning  elchilik  savdo  karvonlari  Markaziy  Osiening  turli 

mamlakatlarida bo’lganlar. 

Temur davrida Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Tatariston, Farangiston, 

Ispaniya  va  boshqa  davlatlar  bilan  savdo-sotiq  ishlari  kuchaygan.  Xitoydan 

asosan ipak,  shoyi matolari, xususan, parcha va atlaslar, chinni, la’li, gavhar 

va mushk; Hindistondan sifatli choylar, nafis oq rangli matolar, nil bo’eqlar, 

xushbo’y  ziravorlar;  Erondan  marvarid  va  durlar;  Rusiya  va  Tataristondan 

har xil mo’ynalar, teri va mum keltirilgan. Samaqand bozorlarida Farangiston 

gazlamalari, movutlari va CHerkas pichoqlari mashhur edi.  

O’z navbatida, Markaziy Osie shaharlaridan chet mamlakatlariga arzon 

narxli  ip  matolar,  bo’z,  duxoba.  SHoyi  gazlama,  qog’oz,  quruq  meva, 

gurunch, paxta, kalava iplar, kulolchilik, misgarlik buyumlari, pichoqlar kabi 

mahsulotlar chiqarilgan. 

Sohibqironning Fransiya qiroli Frans VIga ezgan xatidagi quyidagi fikri 

diqqatga  sazovordir:  «Siz  o’z  savdogarlaringizni  mening  saltanatimga 

yuboring.  Biz  ularni  iliq  qarshi  olib,  izzat-ikrom  ko’rsatamiz.  Biz  ham  o’z 

savdogarlarimizni yurtingizga yo’llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko’rsating. 

Ularga  ortiqcha  taz’yiqlar  qilinishiga  yo’l  qo’ymang.  Sizga  bundan  bo’lak 

talabim yo’q. Zero, dunyo savdo ahli obod bo’lajak». Ana shu oddiy va aniq 

fikrdan  щunday  xulosa  chiqarish  mumkin-ki,  Amir  Temur  tashqi  siyosatida 



12 

 

xalqaro  iqtisodiy  savdo  aloqalarini  keng  miqesda  yo’lga  qo’yish,  undan 



barchani,  avvalambor,  o’zining  xalqini  bahramand  etish  bosh  g’oya  bo’lib 

xizmat qilgan. U barpo etgan yagona iqtisodiy savdo maydonida bugungi kun 

uchun  ham,  bugungi  zamon  uchun  ham  ibratli  bo’lgan  vaziyat  mavjud  edi. 

Amir Temurning mana bu so’zlari bunga dalildir: «Saltanatimning u chetidan 

bu chetigacha biron bolakay boshida bir lagan tilla ko’tarib o’tadigan bo’lsa, 

bir  donasiga  ham  zarar  etmaydigan  tartib-intizom  o’rnatdim».  Amir  Temur, 

Mironshoh  va  Angliya  qiroli  Genrix    IVlarning      o’zaro  diplomatik 

ezishmalaridan  ma’lum  bo’lishicha,  Angliya  bilan  elchilik  aloqalarini 

o’rnatib,  savdo-sotiqni  jonlashtirish  yo’lida  olib  borilgan  harakatlarda, 

ayniqsa, Mironshohning tashabbusi katta bo’lgan. Bu tabiiy hol bo’lib, buyuk 

Amir Temur saltanatining g’arbiy davlatlar bilan olib borgan aloqalari – xoh 

u  elchilar  qatnovi,  xoh  savdo  karvonlari  bo’lmasin,  dastavval.  Mironshox 

tasarrufidagi  o’lkalar  orqali  o’tar  edi.  Bundan,  avvalambor,  ushbu 

viloyatlarning  noibi  manfaatdor  edi.  CHunki  Mironshox  qo’li  ostidagi 

mulklarning  g’arbiy  chegaralari  Evropa  davlatlarining  siesiy  va  iqtisodiy 

doirasidagi  Bolqon  yarim  oroli  orqali  O’rta  dengiz  mamlakatlari  bilan 

tutashgan edi.  


Yüklə 300,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin