Kimniki aylay desang mahraming, I(o‘p sin am ay, aylumagil hamdaming. Ya’ni, birovni sinamay turib yaqin olma, unga ishonma. G‘aflatda birovga baho berma, yaxshi ko‘rinsa, yaxshi dema. Aybini bilgach, so‘ng pushaymon yeb yurma. Tushda hur bo‘lib ko‘ringan qiz uyg‘oqlikda shayton bo‘lsa, ajab emas. Oz ish uchun hind itob aylama, Qatlu siyosatda shitob aylama. Bok yo‘q ar kechrak ulur qatl ishi, О'Isa, so'zingbirla tirilmas kishi. Sitvda liubob о 'Isa damingdin Jtarob, Mumkin erurmu yasamog'lik liubob? Ya’ni, o‘lim jazosini berishda shoshilma, bunday hukmni kechroq chiqarsa, hech ziyoni yo‘q, ammo olgandan keyin uni tiriltirib bo‘lmaydi. Suvda hubobni yasagach, uchirib, Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi yana yasab bo‘ladimi? Yaxshisi siyosat chog‘i, ya’ni hukm chiqarayotganda, kechirish kerak, ammo bu o‘rinda farosat bilan ish ko‘rish kerak, albatta. Agar guvoh qilingan gunohni tasdiqlagan bo‘lsa ham, shariatda yolg‘on guvohlikning o‘tgani vaqti kam bo‘lganimi? Har kishining so‘zi yolg‘on bo‘lsa, keyin har qancha rost gapirsa ham ishonma! Rost so‘zlovchi odam qasddan yolg‘on so‘zlamaydi, ayni vaqtda yolg‘onchi har qancha harakat qilsa ham, rost so‘z!ay olmaydi. Tun bilan subh o‘xshab ketgani bilan, awalo yolg‘ondakami, keyin rosti boshlanadi.