Alisher navoiy h ayrat ul-abror


So'zda, Navoiy, ne desung, chin degil



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə23/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
So'zda, Navoiy, ne desung, chin degil,
Rost navo, nag‘maga tuhsin degil.
0‘n birinchi maqolat ILM VA OLIMLAR HAQIDA
Olamning ishi xalq bilan dushmanlik ekan, olim xor-u, johil (bilimsiz, nodon) aziz bo‘laveradi. Toki jahon zulmdan voz kechmas ekan, daraxt baland bo%lib, meva yerga tushaveradi. Nokaslarga baland martabalar-u, biiim ahliga - azob-uqubat, toshlar tog‘ ustida-yu, boylik, konlar uning ostida bo‘laveradi. Fe’li yomonlar yuksak mavqe’larni egallab, olamni hukmiga bo‘ysundiraveradi. Xuddi baxtsizlik yulduzi bo‘lgan kayvon (Zuhal) yulduzi osmonning yuqori qisinida o‘rnashib olgandek, “Sa’di Akbar” bo‘lgan Mushtariy undan
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
quyida, oltinchi osmonda joylashibdi. Falak hamisha yaxshini yomondan quyiga qo‘yadi, boimasa yaxshi yomondan g‘amu ozor tortib, bog‘da gulning ham nafasi xor bo‘larmidi? Qora yuzli qanchadan-qancha sof, pok durlarni yashirgan sadafning qornini olmos bilan yorib, bag‘rini chok qilisharmidi?
Bag‘ir yormoq maqsadi bo‘lgan qush shoh bilagi ustida orom oladi, chiroyli, dilkash navolar chekuvchi qush - bulbul esa kul ichida xor bo‘lib yashaydi.
Bir notavon yigit shahridan ilm istab yo‘lga tushadi, qashshoqligidan oyog‘ida kovushi ham yo‘q, to‘ni ham yo‘qligidan tanasi yalang. Oyoqlarini tikanlar ilma-teshik qilib yuborgan, boshida ikki-uch o‘ralgan salla. Hayvonlar terisi kabi kiyimining boshidan oyog‘i tilik-tilik. Maqsudi qushini qidirib ko‘zda ashki bilan shahar kezadi. Egnida kitobu daftar, ilm olishga shoshiladi.
Qorni muhtojlik tufayli hamisha och. Jismi shunchalik zaiflashganki, savol berishga ham madori qolmagan.
Xalq ko‘p bo‘lgani bilan biron kishi unga do‘stlik ko‘rsatib, niadad qilishni istamaydi. Bechora yigit o‘z shahru diyorini yodiga olib, bu yerda qayerga borishni bilmaydi. Ko‘cha, uy, bozor ko‘p, lekin bu yigit qayerga borish, qayoqqa qadam urishdan ojiz. Oqshomgacha shu tarzda tentirab qorong‘i tushgach, biron burchakni topib uxlab qoladi, lekin tonggacha uyqu kelmay behol yotaveradi.
Tong otishi bilan madrasama-madrasa yurib, o‘z holini aytib necha kunini bekorga o‘tkazadi. Uning istagini eshitgan ba’zilar uni hazil-mazax qiladUar. Kunduz maskan, kechasi yotadigan bir joy topolmay, g‘urbatda iztirob chekib, shuncha alam ko‘radiki, til bilan ham bayon qilib boimaydi.
Xullas, madrasalar burchagida o‘n-o‘n besh yil alam chekib, ham ishlab, ham bilim olishga tirishib, oxiri o‘ziga bir-ikki sohib kamol do‘st topib, turli bilimlarni, ibriy, yunon, so4ryoni tillarini, hind tilini ham puxta egallaydi. Uning ko‘ngil uyi bir daryo bo‘ldiki, uning har qatrasida bir dard nihon edi. Falak ilmlarini shunchalik keng va chuqur egalladiki, Abu Ali fikiiarini osongina yechib berardi.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Lekin uning dushmanlari, xasadgo‘ylari ham yo‘q emasdi. Ayrim johil, ilmsiz zolimlar uning to‘g‘ri ko‘rgan narsasini egri deb, aytganlarini noto‘g‘ri, yoqimsiz deb ko‘rsatishardi. Uni dinu diyonatsiz qilib ko‘rsatuvchilar ham topilardi.
Hisobsiz boylikka ega bo‘lgan, kiyimu asboblari zarkash, yomonlikdan itdan ham battar bir johil unga yomonlikni ravo ko‘rib, olimning fazlu fasoxatli so‘z va ishlariga qabohat va razolat bilan javob berardi. •
Amir degan nomga ega bo4lgan bu johil xalqqa o‘z aytganlarini qildira olardi. Unga haligi bilimli olimning xizmati kerak bo‘lib, uni xizmatga olmoqchi bo‘ldi.
Olim esa amirdan iltimos qila-qila, zo‘rg‘a ruxsatini olib, uyiga, vataniga ravona bo‘libdi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin