Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Emdiki ilm o'ldi, amal aylagil



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə25/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Emdiki ilm o'ldi, amal aylagil.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
0‘n ikkinchi maqolai
QALAM VA QALAM AHLLARI HAQIDA
Bu qanday yoqimli suralki, uni chiroyli qilib, diqqat bilan kim yaratgan ekan? Uchligi - nozik ma’nolarni bezatuvchisi, tirnog‘i - chizg‘ichning qon tomiri. Qushdek yengil tuzilgan bo‘lib, tumshug‘idan har tomonga ma’no sochiladi. Ovqati - zulmat, vatani esa nur ustida. Oq sahifalar ustiga mushk sochadi. Harakatlari tezu chaqqon, o‘lchamli, lekin uchish uchun qanoti yo‘q.
Qush dema, aytgil, xush ismi qora ilon, de, ilon emas, afsungar, nayrangboz ilon, de. Yaltiroqligi, uchqurligi, qo4l- oyoqlarining yashirinligi bu fikrga shohid. Tilini chiqarsa, undan afsunlar fosh bo‘ladi. Bu jahonda kim ilonning afsungarligini ko‘ribdi? Ilon dema, pullami asrovchi degin. Uning idishlarida, kosalarida yuz xil duru javohir yashirin. Ajdar kabi og‘zidan tutun chiqarib, tunni gavhar kabi yoritadi.
Ajdar emas, sog‘lom ajdar, balki kalning hassasi degil. Bo‘lmasa qanday qilib jahon sehrini, ma’nolar mulkiniyu bayon sehrini yutdi? Uning mavjudligiga muncha sharaf mavjud ekan, kotibi maqbul yoki mardud bo‘ladi. Qancha- qancha yaxshiyu yomon kotiblar kitob bitishga mayl qiladilar.
Awal qozixona kotibini kuzataylik. Shar’iy bo4lmagan ishlarga rizolik berish uning ishi. Adolatli shohid unga yolg4onchi guvoh, tuhmat qilish uchun pul olgan guvoh. Nohaq narsani uzundan-uzoq qilib yozib, qog‘oz yuzini ham o‘z yuzidek qora qilib, barcha xiyonatni diyonat bilib, barcha diyonatda xiyonat qilib, Iso ham bo‘ydoqlik uchun pul to‘lamasa, uning nomiga to‘qqiz xotinni yozib, mahr to‘lamagani haqida hujjat tilab, o‘z daftariga bu haqda yozib ham qo‘yadi. Kim uning yozganlariga qalam ursa, o‘z yuzidek nomasini ham qoraytiradi.
Keyingisi hiylakor muftiy bo‘lib, hiyla, makr va aldovdan boshqa ishi yo‘q. Ko‘ngliga kelgan har bir bo‘Imag‘ur gapni to4g‘ri deb kilobiga yozaveradi. Hurga quyosh kiyimini kiydirib, xashanga Hasan kiyimini kiydirishga usta. Behuda navolar
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ichiga zahr qo‘shib, sham’ tubiga quyoshni yashirib tashlay oladi.
Xohlasa Amr va Zayd haqida o‘zaro maktub yozib, yo‘q narsalarni yozib tashlaydi-yu, “Vallohu a’lam” deb Haq nomini ham kiritishdan qo‘rqmay maktub “yaratadi”. Sahfasi shabiston kabi orasta, muhrlari betartib. Diqqat qilgan kishi har gul ichida yuz tikan topadi. Har bir so‘zida qator-qator xatolar topadi. Bunday maktublami yozadigan kotiblar bo‘ynini qalamdek uzish kerak.
Yana biri olimi devon - devon amaldori bo‘lgan kotibdir. Dev aning ishlarini ko‘rib hayratda qoladi. Falak unga amaldor nomini bergan, shu dordan bahra olsin degandek. U bu amal bila jomi may ichib, hokim kabi mulkni g‘orat etib yuradi.
Kosibu dehqonga ham zulm qiladi, kosibu dehqon nima bo‘libdi, sultonga ham. Qaysi viloyatga borsa, odamlarning haramu bog‘ida bazm aylab, uy egasidek, awal toza may talab qiladi. Uy egasining ahvolini buzgach, shohid uchun uning xotinini ham chiqarib yuboradi.
Omboridagi ekishga mo‘ljallab qo‘yilgan arpasini oti yeb, tovuqlarini suruk toti yeb, o‘sha uyga balo kirgandek bo‘ladi, balo emas, xuddi vabo tushgandek bo‘ladi.
Kentning bir-ikki yordamchilari, zulinda bu xoja-yu, ular pahlavon bo‘lishib, do‘stiga shoh molini oltini-bir oltinga sotib, sarxat - ro‘yxat tuzishib, tovon solishib, bir raqamga besh- o‘n raqamni qo‘shishib, sitam qiluvchi obod-u, sitam chekkan barbod bo‘lib, o‘z xatidagi varaqdek osilsin.
Yuqoridagilarni rad qilsak, yaxshilari ham bor. Awalo, munshiy bo‘lib, goh ruq’a, goh nishon yeyish bilan shug‘ullanishadi. Maktubidan firoq asiri shod bo‘ladi, nomasi ruq’asidan ham yaxshiroq.
Nomasidan bulbul gul sahifasidan rohat olgandek huzur qilasan. Hajr qaro shomida subhi najot bo‘lib, furqat zulmatida obi hayo I - hayot suvi bo‘lib tuyuladi bu maktublar. Bu xallarning nishoni o‘zi yaxshi xabardek bo‘ladi, yozilgan ichidagi xatlari esa zavqdan nishon beradi.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Zulm haqida mazlumga xatti omon, ya’ni ozodlik xatidan zomin ko‘rgan zamon vahmga tushadi. Foyda berishda porloq nurli quyosh shaklini eslatadi.
Agar bunday munshiylar kitob bitsalar, nazm bilan nasr durri xushob, ya’ni hidli dur bo‘lib, safhalari har biri gulzordek, jadvali atrofidagi devordek chiqadiki, satrlar unda gulu sarvi suman, har ikki satr o'rtasi esa dilkash chamanga o‘xshaydi. Baytlari xuddi baytulharamdek, chiroyi esa savodi eramdek tuyuladi. Bunday munshiylarni - xat bituvchilarni xato qilishdan Haqning o‘zi asrasin.
Yoqut haqida hikoya
Hayot bog‘ining gulshanida o‘tirib shuhrat qozongan kishilarning guli mashhur mutasawuf Shayx Suxravard edi. Bir kuni u Bog‘dodda hukmronlik qilgan xalifa Mu’tasim saroyiga tashrif buyurdi. Hijoz aholisi Ka’baga e’tiqod qilgani singari xalifa unga ko‘p hurmat ko‘rsatdi. Uni taxtga chiqarib, keyin o‘zi chiqdi. Shayx odamlarga va’z so‘zlay boshladi, xalifa esa yerga ko‘z tikib jim turardi. Shu payt Shayx hurmatli odamlar, shahzodalar va amirlar orasida turgan Yoqut nomli kishini ko‘rib qoldi-da, hayajonlanib o‘rnidan turib ketdi, hayratdan qotib qoldi. Uning bu holatini ko‘rg*an xalifa Shayxga muloyimlik bilan murojaat qilib, “Ey ne-ne oqil odamlar oyog‘ining changi bo‘lgan odam, shohlar ham senga qulluq qilib, u bilan faxrlanadilar. Bunday oliy martaba unga qayerdan kelganki, sen unga bu xilda ehtirom ko‘rsatmoqdasan?” deb so‘radi. Shayx dedi: “Qaysi bir hurmat va martaba xudo unga bergan hurmat va martabadan yuksak bo‘lishi mumkin? Uning ishi doim Qur’on ko‘chirish bo‘lib, hech kim u singari ko‘chirolmaydi. U Xudoning so‘zlariga ziynat bergani uchun uni hurmat qilish bizga vojibdur”.
Tushungan odamlarning boshlig‘idan Yoqutni bilgach, shoh unga o‘z majlisiga kelib o‘tirishni buyurdi. U qo‘li pok odam xatining yaxshiligi tufayli mamlakat podshohi bilan hamsuhbatlikka muyassar bo‘ldi.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
04n uchlnchi maqolat

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin