Pastkushlik belgisi yomonlikdur, Shuluning tubiuti hurorutdur. Lekin yomon odam ham o‘zini yaxshi qilib ko4rsatsa, nima ham deyish mumkin. Ammo mushk har qancha yashirib Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi qo‘yilsa ham, atri uni elga oshkor qilganidek, uning yomonligi ham yashirin qolmaydi. Aslida yaxshi odam boyu kambag'al bo‘lsa ham sezilib turadi. Xudo birovning tabiatini pok qilib yaratgan bo‘lsa, nopok odamlar uni sevmasa, hechqisi yo‘q. Meva ostida danak ham, mag‘iz ham bo‘lganidek, har kimsaning do‘sti ham, dushmani ham bo‘ladi. Yaxshi-yamondin ban ermas jahon, Lek yamon zohir-u, yaxshi nihon. Chunki yamon ko‘pruk emish, yaxshi oz, Jazmki, oz o‘zg'usiduryaxshi roz. Chunki boshqalarni pisand qilmaydigan odamlar yaxshilarni aslo pisand qilmaydilar. Yomon qiliqlarni yoqtiradigan pastkashlar elning yaxshilarini yoqtirmaydilar. Xayoli yomon fikrlarga to‘la insonlar barcha yaxshi fikrli kishilarga hasad qiladilar, ular toshlarni la’l hisobida bilib, barcha sadaf poralarni inju hisoblaydilar. Birovning dasturxonida patir ko‘rsalar, osmondagi to‘lin oydek bo‘lib ko‘rinadi. Birovning zarhal ayvonini ko‘rib qolsa, o‘z ayvonini ko‘rayotgandek tasawur qiladi. Har kishi gul islasa, uning qo‘liga tikon botgandek bo‘ladi; el shod bo‘lsa, u bundan alam chekadi, dard uni iztirobga soladi. Nabi so‘zi bilan shod bo‘lib, elga zarar yetkazish xafvidan ozod inson! Haq falak toqini bino aylar ekan, uning ichida ushbu foniylik dunyosini ham yaratdi. Davron gulshaniga naqshu nur berib, har gulini toblanuvchi oftobga aylantirdi. Xudo bu chamanni yaratar ekan, unga inson guli maqsad bo‘lgan edi. Insonlar guruhi aro ham komili payg‘ambarlar shohi Ahmadi mursaldir. . Payg‘ambarlar quyoshini shunday yuksak va ulug‘ligi bilan sening shomingni yorituvchi mash’al, sening shoningni aytuvchi maddoh qildi, naf yetkazish o‘Ichovini tuzib, shu o‘lchovga ko‘ra seni odamlarning yaxshisi qildi. Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi Sen ushbu ulug‘ martabaning qadrini bil va uning shukrini qil. Shukrni mumkin qadar ko‘proq qilmoqlik - ko‘proq yaxshi so‘z so‘zlamoqlikdir.