Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Ey Navoiy, qo*yubon telbulik



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə30/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Ey Navoiy, qo*yubon telbulik,
Sen dag‘i nr sang bir etuUka ilik.
0*n to‘rtinchi maqolat AJlok hay’ati shikoyatida
Olam bir nayrangbozdir, ey ko‘ngil, uning makrlari, aldovlari bilan ko‘nglingni ranjitaverma. Balki bir qo‘g‘irchoqboz kabi hiylagar, tomosha pardasi - chodiridan ming xil o4yinchoqlarni namoyish etadi. Bir-biridan chiroyli qo‘g‘irchoqlarni elga ko‘rsatishdan maqsadi esa elni aldashdan, azoblashdan iborat.
Haw to‘kib el qonini tadbir ila,
Ham olib el jonini tazi’ir ila.
U, olam kelinini tomosha qilar ekan, makkoralik qilib, uni turli bezaklar bilan yanada go‘zalroq qilishga intiladi. U go‘zal kelinni erta tongdanoq xushbo‘y gullar bilan bezaydi, gul bilan yuziga gloza surib, zulf hamda egnini sunbul bilan orasta qiladi-yu, lola bilan chehrasini qizil qilib, lola dog‘idan ul
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
chehraga xol yasaydi. Sabza bilan qoshiga o‘sma qo‘yib, shabnam bilan yuziga yopinchiq - me’jar tutadi. Sarvdan panjalariga nigor surma surtib, suvni unga oyinador qiladi. Og‘zini g‘unchalar bilan pinhon qilib, so‘zlash chog‘ida u g‘unchani ochiladigan qiladi. Shahlo nargisdan unga ko‘z yasab, savsanu ra’nolar tilidan so‘z o‘rgatadi. Ko‘zlariga g4amza bilan noz o‘rgatib, g‘amzasiga firibgarlik ta’limini beradi.
Shuncha guzalliklar bilan u olam kelinini bezab, xalqni unga maftun etishga intiladi. Endi har kim u go‘zalni ko‘rib shaydo bolgach, o‘zi dallollik qilib, ikki toqdan juftlar yasaydi- yu, mahrga jon davlatini belgilaydi. Yigit va qiz bir-biriga oshiq bo‘lgach, endi ularning jon bilan imoniga hujum qilib, dahr uyidan quvlaydi. Olam shunday davom etaveradi.
Insonlar tinmasdan bazmga kelgan odamlardek bu dunyo- ga kelib-ketaveradilar. Yuz ming falak odamlarni shu larzda vayron qilgan, uning jafosidan oh, yuz ming oh! Jahondagi barcha jonli va jonsiz narsalar undan shikoyat qiladilar. Falakning lo‘xtovsiz aylanaverishidan tun bilan kun hayoti ostin-ustun bo‘lib ketgan. Chekkan azoblaridan quyosh yuzi sarg‘ayib, yangi oy ham behol. Subh tunini chok etib, uning g‘ami bilan shorn libosi motamiy rang. Falakning azob- uqubatlaridan o‘tni o‘z isitmasi beqaror qilsa, yelni yugurmakdan charchatadi. Dengiz unga alami borligi tufayli ichida zahar saqlaydi, kon falak zulmidan baxti qaro, go‘yo ichini laxta-laxta qon bog‘lagan. U beixtiyor durga jafo qilib, ozor berganidan bu holatga chiday olmay ko‘z yosh to‘kadi. Bulut holining azobi uning dardiga bir qora oh bo‘lib atrofida yuradi.
Chashma ham o‘zi ko‘rgan balolar tufayli bir ko‘zini yo‘qotgan holda ko‘z yosh to‘kadi. Bulbul uning alamidan diqqat, shu tufayli gul to‘ni parchalari ham yemi qoplab yotadi.
Ammo falak el joniga har qancha o‘t solsa ham, berganlarini barcha odamdan qaytarib oladi. Falak ham o‘zini elga yaqin tutib, mehribonlik qilib, bir necha kun nash’u namo ham ko‘rsatda-da, bir necha kun elni o‘z maqsadiga erishtirgandek
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
bo‘ladi. Bir ovni molu davlat sohasida Qorun kabi boyliklarga ega qilsa, boshqasini Faridun kabi taxtga mindiradi.
Falak el holini sinovdari o‘tkazib, pokni nopokdan judo qiladi. Yaxshi bilan yomon ma’lum bo‘lgach, g‘arbolini aylantirib, ko‘proq yaxshilik qilganlarga lutf elib, yanada boyroq qiladi.
Ba’zan saxovatga noloyiq kishilarga, bilimsiz, odobsiz kishilarga oltin laganlarda kumushlar hadya qiladi. Pokiza deb bilgan gulni jannat gulzorining zevari deb angladi-yu, tikanga mubtalo etib, uzib-sovurib jalo qildi. Rindlar ichkilik qadahi terisini Xo‘tan mushki saqlaydigan qildi. Qilichni zolim podshoh yoniga osib qo‘yib, ko‘plab begunoh kishilar qonining asossiz to‘kilishiga sabab bo‘ldi. 0‘qdek to‘g‘ri yaxshi odamlar adolatni bilmagan podshohning saroyida eng tuban ishlarni bajarishga tayinlanganlari uchun boshqa mamlakatlarga qochib ketardilar.
Qizig‘i shuki, yaxshi yoki yomon odamlar o‘z muhlati bo‘yicha yashab, taxt uzra yashaganlar kabi taxti ustida bu dunyoni tashlab ketardilar.
Falak taxt ustida podsholik qilgan ne-ne ulug‘ shohlarning birontasini ham omon qoldirmadi. Faridunu Jamshid, Eraju Xushang, Zahhoku Salm, Manuchehru Navzar, Bahmanu Skandar qani? Jahongir Chingizxon, jahon xoni Temur Ko‘ragon qani? Bu charxi dun - pastkash olam bittasiga ham vafo aylagani yo‘q. Kimni yuksakka ko‘targan bo‘lsa, yana pastga uloqtirdi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin