Alisher navoiy h ayrat ul-abror



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə32/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Tort, Navoiy, bu jahon din ilik,
Qaysi jahon, javhari jondin ilik.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
0‘n bcshinchi maqolat
JAHL MAYI HAQIDA
Xursandchiliging jomga hamrohlik, jahl xumori tufayli ishing doimo masllik boMgan odam! Sening doimiy ayshing kamayishni bilmaydi. Sening muroding doimo jaholat jomi. May idishi sening ichingga boda lazzatini quyishi bilan o‘sha lazzat ko‘nglingga g‘avg‘o soladi. Boda joningga g‘urur hissiyotini urib, o‘zingdan boshqa liar qanday fikrni yo‘q qilib tashlaydi. 0‘lmak g‘ami motami ham, paymonang to‘lishining g‘ami ham qolmaydi. Ajal nazoratchisi yetib kelsa, nima qilasan, undan qutulish uchun ne chora topasan?
Muhtasib - nazoratchi jafo toshini bu kunga qarab ursa, har bir porasini parcha-parcha qilib tashlasa, jismingga boshdan-oyog‘inggacha dog‘ ustiga dog‘ o‘rtab, mayingni qaro tuproqqa to‘kib tashlasa, nima qila olasan?
Safoling zarfl - idishingni ushatgandek, maying la’lini yer qonidek qilsa, buki bilimsizlik mayini behisob ichasan, bu senga bir kuni ehlisob qilinsa-chi?
Sening maslliging necha oyu necha yildan beri davom etyapti, oy bilan yil mastligingdin oyil!
Mastning bori muhmal - tuturiqsiz bo‘ladi, ko‘chaning bolalariga masxara, kulgi bo‘ladi. Mast odam ko‘chaning boshidan jinninamo yurib kelarkan, bolalar har tarafdan uni toshbo‘ron qiladilar.
U to‘yganicha ichib olib, mayxonadan ko‘chaga mast bo‘lib chiqar ekan, manglayi devorlarga urilib qon bo‘lib, boshidagi dastori parishon bo‘lib, har yoqqa yoyilib, elga quturgan itga o‘xshab hamla qilib, qaysi yomon it, qopag‘on itdek har odamga tashlanib, jismini mastlik holati, har sari qadam qo‘ysa, o‘sha tomonga yana bir qadam tashlasa, seining yerdagi ko‘lmak suvini ichib, sharob xayol qilib shimirsa, soy toshini ko‘rib qolib qizil guldek hidlab rohatlansa, olam gulu toshi ko‘ziga uchraganda esa ularni bir yon otib yubormoqqa madori ham qolmagan bo‘lsa, uning beso‘naqay otgan toshlaridan bolalar goh tarqab qochishib, goh unga o‘xshash mast-mast

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
o‘ynashib yiqilishsa, yiqilib, goh turib, may uning holini behol qilib, soqolini iflos qilib, qaydi soqolini necha bor nopok etib, it yalab-yalab tozalab qo‘yadi. Mastlik uyqusi kuchayib ko‘chada uxlab qoladi-da, boshidagi dastorini ham, belidagi dinorini ham topolmay, to‘nini yana bir bor qaroqchi olib ketib, xuddi oMikdan kafanni sug‘urib olganday qilishadi. Qin qolibdi-yu, qo'lidagi pichog‘ini olib ketishibdi. Kovushning ham biri qolib, birini yo‘q qilishibdi. To‘n etagi balchiq bo‘lib, oldi ho‘l, oldi hoi-u, ammo uning oldida koi.
Uyini topishga har qancha harakat qilsa ham, uzun ko‘chadan uni har qancha izlamasin - topolmasdi. Butun a’zoyi badani titroqqa zo‘rg‘a chidar, og‘zi esa ajab bemaza ta’m berardi. 0‘qdonlarga tayanib, har qancha qidirib o‘z uyini izlab topolmadi. To‘nini faqat o‘g‘ri yechib olgan bo‘lmay, qolganini ehdod uchun asas - tungi soqchi olgan edi.
Bu bechora mastning ahvoli yarasini tuzatish uchun o‘q zaxmini o‘zi yorib ochayotgan odamning holini eslatardi. Boshi aylanib gandiraklar, hushi ozib behuzurlikdan azoblanar, qulog‘ining osti - banogushi ham yashinib egni ichiga kirib ketgandi. Har sari shu xildagi holat shu shakl uning andomini tashkil qilgandi.
0‘zining holatidan xijolatlik ustiga mastlik beholligi hamda maxmurlik, yana ichkilikka tashnalik qiynardi uni. Xumor dema, uni yuz balo degil. Bu balolar yog‘ilib, joniga yuz bedod solgandi. Ko‘rki, bilib turib shu ahvolga tushdi bu odam, ko‘rki, qancha alam solyapti o‘z joniga. Ko‘rki, o‘z qoniga ham kirish, qonini ham buzish bilan birga o‘z joniga bedod solyapti.
Buni ham qo‘yavering-u, borgan sari o‘z obro‘sidan ajralib, e’tiborsizlikda qolib, yalqov, daydilik kasaliga ham mubtalo bo‘lyapti. Bu malomatlarga zarracha parvosi yo‘q, o‘zining beta’sir qilmishlaridan aslo xijolat chekmaydi. Shuncha qaboxatlari, bir-biridan xunuk, yaramas ishlaridan uyalish, or qilish kerakligini anglamaydi.
Qarigan kampir qanchalar xunuk bo‘lmasin, uning ko‘ziga jannat huri bo‘lib ko‘rinadi. 0‘jar bir shoir qayerda nima
53 ‘

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
desa, buning oldida, qanday bema’ni bir so‘zni vaysayotgan bo‘lsa ham, buning uchun sehrli bir asar. Itki qozon oshiga til tekizdimi, yuzi qarolik bilan har yerda yuzi qizil-da!
El-ulus qatliga jallod bo‘lgan inson o‘giini oMdirsa ham xursand boiaveradi. Ko‘mir sochishni hunar qilib olgan kirnsa yuzining qora bo‘lishidan uyaladimi? Boyqush obod yerda har qancha nahsli ko‘ringani bilan vayrona ichida tovusdek go‘zal ko-‘rinishi shubhasiz. •
May tanni vayron aylasa ajablanarli joyi bormi? Sel uyni xarob aylashi ayon-ku. Sel uyni itqitib, elni selga giriftor qiladi, balo seli esa har qanday uyni vayron qilmay iloji yo‘q.
0‘n oltinchi maqolat MAQTANCHOQ KISHILAR HAQIDA
Ey, mardlik ko‘zgusida otini shijoat maydoni aro surib yurgan, otini chaqmoqdan kam sanamay, ko‘ziga Rustamni ham ilmay, hammasidan o‘zini yuqori tutib, osmongacha “boshimdan to‘rt ilik, xolos” deb keriluvchi inson! Yurish chog‘i oti kattalashib, ustida o‘zini qoplon kabi pahlavon sanovchi, el oldida maqtanib, o‘zingni zulmat g‘ori ichidagi qora qoplon kabi sezasan. Kibr bilan qoshlaringni chimirib, atrofga zimdan gerdayib boqasan. Xayolida o‘zgacha kibr - maqtanish. Gerdayishi har qoshi uchidagi girix - tugunlardan ham ko‘rinib turadi. Quloqlariga temir qalpoqchalar kiyib olgan. Bularning maqsadi - odamlarda o‘ziga ehtirom qo‘zg‘atish, zulmda zahhaqligini - zolimligini bildirish uchun ikki yelkasidan ikki ilon chiqarib qo‘ygan. Ikki mo‘ylabi ikki yonga dalishat solayotgandek ko‘rinadi, ular go‘yo nafsu havo qushlariga halqa - yumaloq ov sirtmog‘ini eslatadi. Boshida o‘tag‘osi - jihasi parpirab turadi. 0‘zi uni ruhul-amin - Azroilning shohpari deb maqtasa ham, aslida u iblisi la’inning tashlab yuborgan junidan. Boshiga taqib olgan parlarini boyqushdan uzib olgan bo‘lsa ham, tovus toji deb da’vo qiladi. Dastori oxirini yelkasiga tushirib qo‘yganidan tebranganida
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
gardaniga urilib turadi. Bo4rki uchini ichkari qilib tikdirgani hirsu havo qushlariga oshyon qilmoqchi bo4lganidan - maqtanchoqligidan.
To4ni ipakdan tikilgan bo4lmasa ko‘ngli to4lmaydi, eng nozik ipaklardan ko4ylak tikdiradi.
Beliga zarrin kamar, uning ostidan zarrin belbog4 bog4langan, to‘ni boshdan-oyoq oltin bilan tikilgan, hatto etigining taqasi zarga bo‘yalgan, otidagi egarni ham zar qoplagan.
Dev jamolini parinikidek yasatib, tikanni yangi gulbargidan yasab, shohodi ra’nodek jilva qilib, bog4da ichib gulruhi zebo kabi maydonda namoyon bo4ladi. Atrofida bir necha yalqovlar, birida bo4lsin aqlu idrokdan zarracha yo4q nojinslar gulxan atrofiga tekinxo4rlardek, o4limlik atrofida to4plangan murdorlardek 44bahodir”ni begimu mirzam deb, o‘zini chiroyliyu zebo deb ertadan kechgacha xushomad qilishib, aslida o4zi o‘rtada devu atrofida shaytonlar xayli ko4rinadi. Ichkilik icha boshlaganicha bu ifioslik darajasiga yetmagan edi, chog4irni mo4l-ko4l ichib, yeb-ichari haromu xarish, ichkilikni qadali-qadah ichib olgach, gurs bilan Bahrom boshini yanchib tashlagandek bo4ladi xayolida. Filni pashshacha, ajdahoni chivindek ko4radi-da, odamlariga zo4rlik - zulm qilib, shohga ta’na qilardi: 4‘Menga yuz ming beradi, yuz ming-ikki yuz mingga loyiqmi? Holim bu holda kechadigan bo4lsa, boshqa mamlakat, boshqa shoh topilmaydimi?” deb xafa bo4ladi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin