Xayr muyassar gar emas el bila,
Naf tegurmak ham o‘lur til bila.
Ganj berib bo'lmas chin tutsa ko‘z,
Ulrha qilur vaqtida bir yaxshi so ‘z.
Ham so‘z ila elga o‘lumdin najot,
Ham so‘z ila topib o‘luk tan hayot.
Ma’dani inson go'hari so ‘zdunir,
Gulshani odam samari so ‘zdunir.
So‘z bila naf o'lmasa el pesliasit Yaxshi kerak ko'nglida andishasi.
Har bir inson boshqa bir odamning xursandligidan shodlanishi, noxush bo‘lsa - tashvishli bo‘lish kerak.
Odamiy ersangt demagil odamiyf Oniki yo‘q xalq g‘amidin glami.
Bir kishining o(lganini eshitib xursand bo‘lgan inson go‘rkovu g‘assolu jalloddir. Uchovining qaysi birini tasawur etsak, ta’bimizni jirkanish, nafratlanish qoplab oladi. Bu sifatlardan ham yoqimliroq yana bir ish bor, bu ham bo‘lsa elning berganini olmoqqa intilmoq. Bergan narsani esdan chiqarib yubormoq, berganni olmoqni xayol etmoq yaxshidir. Bulut topganini el ustiga sochgani uchun ham Haq uni qudratli, dargohi keng hukmdorga aylantirdi. Odamlar sochgan narsalarni terib o‘z makoniga tashuvchi chumolining ishi tiriklayin go‘rga kirmoq bo‘ldi. El boshiga sochilgan hamma narsani yig‘ib yuradigan shamol shu ishi tufayli hamisha darbadaru xoksor.
Shisha yuzlarga gulob sepgani uchun uni orzulab toq ustida asraydilar. Supurgi ham uchragan narsani yig‘ib yurgani uchun eshik oldida xor-zor bo‘lib yotadi.
Sanamlarning zulflari mushk larqatib yotadi. Shuning uchun ham quyosh ularni ruxsoridan ustida asraydi.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Yana bir niuhim jihat chuchuk so‘zlarni ochiq yuz bilan aytishdirki, buni achchiq bodani chuchuk so‘z bilan tutinoqqa o‘xshatish mumkin. In’om berishda bu yaxshilikni esdan chiqarmagan inson biryo‘la yana ikki go‘zallikka erishadi. Oltin lagan diltortar meva bilan to‘ldirilgan bo‘lsa ham, uning ustiga gullar qo‘yilsa, ortiqcha zeb bo‘ladi. Oltin tojga ziynat bersa ham, ustida dur bo‘lsa, yanada chiroyliroq ko‘rinadi.
G‘olib xon har qancha hurmatga loyiq bo‘lmasin, ustidan qand sepsalar yaxshiroq bo‘ladi. Unday inson shu xil axloq bila yurib, jazoga qo‘l urmay, jafo qilmasa, dilxiralikni shodlikka aylantirsa, har qancha jafo yetganda ham vafo aylasa:
Dostları ilə paylaş: |