Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Arzi hunan bo*Isa, yigitlar ishi?



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə33/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Arzi hunan bo*Isa, yigitlar ishi?
Qilsa ayon o‘z hunarin har kishi?
Eyki,kibr seni xarob etdi. Bir kishi ul safdagi yuz mingdan biri. Ikki Rustam ishini bir Rustam bajarolmaydi. Bu xil tasawurlardan qutulib, barini fano o4tiga kuydirib tashlagil!
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
0‘n yettinchi maqolal
BAHOR YIGITUGI HAQIDA
Quyosh hamal burjiga kirgach, falak olamga o4z mehribonligini zohir ayladi. Tong paytlari sahaming mushk taratuvchi nasimi - mayin shamoli esib, bog‘da farroshlik qila boshladi. Bulut ham suvni saqqo - suv sepuvchidek sepishga kirishdi. Bog‘ supurilib, suv sepilgach, rayhonlar xursandchilik bilan bosldarini ko‘tara boshladilar. Keyin ular yer yuziga hujum boshlagan bo‘lib, har biri bir yulduz kabi yer osmonini to‘ldirib yubordilar. Chiroyli bolalami eslatuvchi rayhonlar kulib yayrashar, atirlarini har yoqqa taratib, bog‘dagi gullar bilan musobaqa qilishardi. Rang-barang gullar go4zal husnlarini ko4z-ko4z qilisharkan, shabnam ularning yuzlarini gulob bilan yanada nafisroq bezardi. G‘unchalar bekinmachoq o'ynash bilan band. Ular ikki tomonda terilishib “Gulxoja gul” o‘yinini o4ynashardi.
Bahor bolalari yog‘och derazalardan gul va rayhonlar o‘yinini zavq bilan kuzatishardi. Bir necha kun shu tarzda o‘tgach, shoxlardagi gullar o‘mini yaproqlar egallay boshladi, bog4 o‘zining qizil-oqini yashilga almashtirdi. Shoxlardagi durlar o4mini zumradlar, la’liar o‘rnini zabarjadlar egallay boshladi. Keyin daraxt tugmalari mevalarga aylanib, bog4 mevalarga toiib ketdi.
Bog4bon bu mevalarni yig‘ib olgach, bog4 yulduzi yo‘q osmondek bo4lib qoldi. U go4yo mevasiz bir guliston edi, gavharsiz bir sadafdek bo4lib qolgandi. Mevalar o4z tojlariga qadash uchun dur topisha olmas, mevalardan ayrilgan shoxlar bemorlardek zaif bo4 lib qolishgan, ularning shoxlari g'amgin oshiqlardek, yuzlari sarg4aygan dardli majnunlarga o4xshab qolgandi. Bog4dagi sarig4 rangli yaprog‘lami ko4rgan odam bog4ni g4am o4ti kuydirayotgandek his etardi. Axir yaprog4dan boqqa o4t tushmagan bo4lsa, nega shoxlar o4tindek qorayib ketdi?
Bog4larda bu xil ohu fig4on tugaganicha ham yo‘q ediki, barg kesuvchi sovuq shamol esa boshladi-da, shoxlardagi
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
barglami uzib tashlashga kirishdi-yu, ulami barglardan judo qilib, har tomonga ota boshladi. Yaprogiarning rangu safosi ham qolmay, oiiklardek boiib tufrogiar ustiga tusha boshladi. Yel askarlari bog‘ni talab, meva daraxtlarigina saf tortgandek yalang‘och, bosh-oyoq qora boiib, ariqlardagi suvlar zanjiri bilan bir-biriga bogiangan fig‘on tortayotgan yalang‘och asirlardek turishardi. Ularni barg deb emas, oshxona o‘tini, shox emas, do‘zax kundasi deb atash to‘g‘riroq boiardi. Go‘yo do‘zax jannat gulistoniga aylangan-u, do‘zax uning oldida behisht bog‘iga aylangandi.
Umr gulshanining kuzu bahori ham shu gulistonga o‘xshab ketadi. Insonning sharaf uyi vaqti yetgach umr quyoshi paydo boiadi. Ko‘pdan-ko‘p g‘unchalar kulib, hadsiz-hisobsiz gullar ochila boshlaydi. G‘unchalar o‘ynamoq va yemak bilan orom oladilar. Balila shami ularning miyasiga aql nurini solmagunicha, ko‘ngillarini idrok salohiyati bilan yoritmaguncha, yoshlar o‘zining yetilgani, yuzi kulrang boiganini anglagach, jafo bilan jonlarini sayd etib, bazmlarda lablarni may bilan xursand qiladilar.
Bog‘ gul va chechaklami tark etgach, navbat barg bilan mevaga yetadi. Har bir daraxt gulshan kiyimini kiyib ilmu adab mevasidan bahramand boiadi, ilm-kasb egallaydi. Biri tafsirlar ilmini o‘rgansa, boshqasini hadislar qiziqtiradi. Yoshlar madrasalarni o‘zlariga oromgoh qiladilar, boshqalari xonaqohlarni xilvatxona qilib tanlaydilar.
Yoshlik mevalari to‘kilgach, baqo gulshanini go'zalliklar tark aylagach, yoshlik ayyomining mevalari to‘kilib, jahonning nafosatu go‘zalligi tugallana borgach, qaddu qomat daraxti g‘am yelidan egila boshlagach, guldek yuzlar xazon boiib sarg‘aya boshlaydi. Tan daraxtida havas bargi qolmay, kuzning sovuq shamoli ularni uchirib ketadi. Ko‘zlar uylar burchagini talasha boshlaydi, bolalar kulgusi yangrab, yuzlarrii za’faron qiladi.
Ikki bukilgan qad hassaga tayanib asta odimlaydi. Og‘iz ichidagi durlar to‘kilib, bir dona ham dandoni qolmaydi. Yuzdagi oq tuklar kafan iplarini xotirga soladi. Oiimni
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
o‘ylayverganidan boshi quyi egilgan, xayrlashish uchun qaddi ham ikki bukilgan.
Bir necha kun shu ahvoldagi iztirob bilan qon yutish, oh- faryod ichida kechadi. Ajal xabarchisi farmon boiganida yetib kelib, uning ko‘nglini hayot azoblari, keksalik alamlaridan qutqaradi. Bu bazmga yetib kelgan har bir odam navbat bilan bu qadah - o‘lim qadahini ichadi. Bu achchiq qadahni totgan inson yo‘qlik ko‘chasi tomon mast holda yoi olacli. Mast ekan, o‘zini ham bilmaydi, borganidan so‘ng xabari ham kelmaydi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin